Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

218-modda. Moliyaviy sanksiyalar 
(1-q.)
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik 
chorasidir. 
(2-q.)
Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan 
miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qoʻllaniladi. 


(3-q.)
Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech boʻlmaganda bitta holat mavjud boʻlgan 
taqdirda, jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan 
ikki marta kamaytiriladi. 
(4-q.)
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq 
organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan 
kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda 
toʻlanganda jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan miqdorga 
nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi. 
(5-q.)
Ushbu Kodeksning 216-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud 
boʻlgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi. 
(6-q.) 
Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan 
taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi. 
28-BOB. SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR VA 
ULARNI SODIR ETGANLIK UCHUN 
JAVOBGARLIK 
219-modda. Soliq organida hisobga qoʻyish tartibini buzish 
220-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish 
221-modda. Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob 
terminallarini qoʻllash tartibini buzish 
222-modda. Daromadlar va (yoki) xarajatlarni 
hisobga olish qoidalarini buzish 
223-modda. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) 
224-modda. Soliqni (yigʻimni) toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik 
225-modda. Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish 
tartibini buzish 
226-modda. Transfert narxni belgilashda soliqlarni 
toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik 
227-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda 
ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliqni 
toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik 
227-1-modda. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud 
avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan 
jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan 
integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikda 
beligilangan talablarni yoki tartibni, shuningdek 
tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari 
orqali majburiy raqamli markirovkalash 
qoidalarini buzish 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin