3) sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb
topilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar.
(2-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi
shunday huquqbuzarlik uchun
javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat deb
eʼtirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan javobgarlik
choralari qoʻllanilgan shaxs bu choralar qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bunday
huquqbuzarlikni qayta sodir etmagan boʻlsa, u javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.
(3-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni
yengillashtiruvchi yoki
ogʻirlashtiruvchi holatlar sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan belgilanadi va
moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilganda inobatga olinadi.
217-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi
(1-q.)
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran
yoki mazkur
huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran va javobgarlikka
tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytga qadar besh yil (oʻtish muddati) oʻtgan boʻlsa, shaxs
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(2-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran muddatning oʻtishini
hisoblab chiqarish barcha soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi, ushbu Kodeksning
223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bundan mustasno.
(3-q.)
Muddatning oʻtishini tegishli soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran
hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid
huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi.
(4-q.)
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka
tortilayotgan shaxs soliq
tekshiruvini oʻtkazishga faol qarshilik koʻrsatgan boʻlsa va ushbu soliq tekshiruvini oʻtkazish
hamda budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini soliq organlari tomonidan
aniqlash uchun bartaraf etib boʻlmaydigan toʻsiqqa aylangan boʻlsa,
javobgarlikka tortish
muddatining oʻtishi toʻxtatiladi.
(5-q.)
Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi ushbu Kodeks 144-moddasining uchinchi
qismida nazarda tutilgan dalolatnoma tuzilgan kundan eʼtiboran toʻxtatilgan deb hisoblanadi.
Mazkur holatda javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga
toʻsqinlik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugagan va muddat oʻtishini tiklash toʻgʻrisidagi qaror
chiqarilgan kundan eʼtiboran qayta tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: