million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi sanksiya)
(2-q.)
Ushbu Kodeksning 131-moddasida nazarda tutilgan hollarda
soliq solish obyekti
boʻyicha soliq organlarida hisobga qoʻyish
muddatlari buzilganda, agar hisobga qoʻyishning
belgilangan muddatidan oʻtishi:
oʻttiz kundan koʻp boʻlmaganda, - bir million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi;
oʻttiz kundan koʻp boʻlganda, - ikki million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(3-q.)
Chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi
hududida doimiy
muassasasini tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qoʻymasdan amalga
oshirilishi -
bunday faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha
boʻlgan davrda olingan daromaddan oʻn foiz miqdorida, lekin oʻn million soʻmdan kam boʻlmagan
miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(4-q.)
Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida
davlat roʻyxatidan oʻtmasdan
amalga oshirish, -
bunday faoliyatdan olingan daromadlarning oʻn foizi miqdorida, lekin bir million soʻmdan
kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
220-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda matni)
(Oldingi tahririga qarang)
Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq toʻlovchi boʻlgan
yuridik
shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq toʻlovchi boʻlgan jismoniy shaxs maʼmuriy
javobgarlikka
tortiladi.
Dostları ilə paylaş: