(6-q.)
Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa
xizmatlari,
moliyaviy va sugʻurta xizmatlari, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar
realizatsiya qilinganda, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan boshqa
xollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) kalendar oyning soʻnggi kuni
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
(OʻzR
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(7-q.)
Obyektlar
qurilishida, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor holda
qurishda, shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq
muddatli shartnomalar boʻyicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni
har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga
oshirilgan sana deb hisoblanadi.
(8-q.)
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga)
berilganda, moliyaviy ijara (lizing)
shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga koʻra mol-
mulk ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga
oshirilgan sana deb hisoblanadi.
(9-q.)
Soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni berishda (xizmatlar koʻrsatishda)
aylanma amalga oshirilgan sana deb soliq toʻlovchining tegishli ichki hujjati bilan
rasmiylashtirilgan, ushbu tovarni berish (xizmatlar koʻrsatish) amalga oshirilgan kun eʼtirof
etiladi.
(10-q.)
Tovarlar eksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan holda Oʻzbekiston
Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda, quyidagi sanalar tovarni realizatsiya
qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi:
1) bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan
bojxona chegarasi haqiqatda
kesib oʻtilgan sana;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
2) bojxonaga oid deklaratsiyalashni amalga oshirgan bojxona organining belgilari qoʻyilgan
holda tovarlarga taalluqli bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan sana - davriy va (yoki)
vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda.
Dostları ilə paylaş: