1) bank operatsiyalari, bundan qiymati qatʼiy summada belgilangan xizmatlar mustasno,
xususan:
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga
qarang)
yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini omonatlarga jalb etish;
yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablagʻlarini
banklar nomidan hamda
ularning hisobidan joylashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari
boʻyicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini yuritish, shuningdek bank
kartalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq operatsiyalar;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
yuridik
va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirigʻiga koʻra
ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-
uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali koʻrsatish;
chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el
valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari koʻrsatish);
bank kafolatlarini bajarish (bank kafolati boʻyicha toʻlov);
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-
son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun
kafillik berish;
akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar va toʻlovlar;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
toʻlov
tizimlari, dasturlaridan va uskunalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni
(toʻlovlarni) amalga oshirish;
2) hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida axborot va texnologik hamkorlikni, shu jumladan
hisob-kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha
axborotni toʻplash, unga ishlov berish va uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatilishini
taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
3) yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning
pay fondlaridagi va investitsiya pay jamgʻarmalaridagi paylarni, qimmatli qogʻozlarni hamda
hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bundan soliq solinishi lozim boʻlgan hosila
moliyaviy vositalarning asos aktivini realizatsiya qilish mustasno. Ushbu boʻlim maqsadlarida
hosila moliyaviy vositani realizatsiya qilish deganda uning asos aktivini realizatsiya qilish,
shuningdek kontrakt boʻyicha
mukofotlar summalarini, variatsiyaga oid marja summalarini
toʻlash, hosila moliyaviy vositalar shartlariga muvofiq asos aktiv toʻlovi boʻlmagan hosila
moliyaviy vosita taraflarining boshqa davriy yoki bir martalik toʻlovlari tushuniladi;
4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod etiladigan
hosila moliyaviy vositalar asosida yuzaga keladigan majburiyatlar boʻyicha
huquqlardan
(talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish);
5) forfeyting va faktoring operatsiyalari;
6) zayomlarni pul shaklida berishga doir shartnomalardan va (yoki) kredit shartnomalaridan
kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning huquqlaridan (talablaridan) boshqa shaxs
foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish, olish) boʻyicha, shuningdek boshqa shaxs
foydasiga voz kechish shartnomasi asosida dastlabki shartnoma yuzasidan qarz oluvchining har
bir yangi kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishga doir operatsiyalar;
7) kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qogʻozlar bilan berish, shu jumladan ular
boʻyicha
foizlar bilan birga berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu jumladan REPO
operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlar berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul
summalari;
8) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishga doir xizmatlarning ushbu xizmatlar
boʻyicha foizli daromadlar olishga taalluqli qismi boʻyicha;
9) qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar) bilan bogʻliq
operatsiyalar. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qogʻozlarni
saqlash, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish
hamda ularning reestrini yuritish, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha operatsiyalar
kiradi, ularni tayyorlash boʻyicha xizmatlar
bundan mustasno;
10) tranzaksiyalarni bir vaqtning oʻzida toʻlov ishtirokchilari oʻrtasida vositachilik haqlarini
taqsimlagan holda amalga oshirish bilan bogʻliq toʻlov tizimlarining moliya xizmatlari.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va qimmatli qogʻozlarga
taalluqli qism boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ bilan
kelishilgan holda, ushbu moddaning qoidalarini qoʻllash tartibi yuzasidan tushuntirishlar, shu
jumladan ayrim aylanmalarni batafsil aniqlashtirish boʻyicha tushuntirishlar berishga haqli.
Dostları ilə paylaş: