shartnomalari boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq
bazasini aniqlashning oʻziga
xos xususiyatlari
251-modda. Korxona mol-mulk majmuasi sifatida realizatsiya
qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq
bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar)
realizatsiya qilinganda soliq bazasinianiqlashning
oʻziga xos xususiyatlari
254-modda. Tovarlarni Oʻzbekiston
Respublikasi hududiga
olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi
255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar tomonidan
realizatsiya qilinganda soliq
agentlari tomonidan soliq
bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
256-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar amalga
oshirilganda soliq agentlari
tomonidan soliq bazasini
aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
(1-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan
ushbu bobga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilishning oʻziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
(2-q.)
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq
toʻlovchi tomonidan ushbu bobga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Soliq bazasini aniqlash chogʻida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
tushum soliq toʻlovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi
toʻlov, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan haq toʻlash sifatida olingan
barcha daromadlaridan
kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
(4-q.)
Soliq bazasini aniqlash chogʻida soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan
tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
(5-q.)
Agar sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el
valyutasida belgilangan summaga teng boʻlgan summadagi milliy valyutada haq toʻlash nazarda
tutilgan boʻlsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlangan sana
ularni realizatsiya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadigan
aylanma amalga oshirilgan sanaga toʻgʻri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi
farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda
hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning XII boʻlimiga
muvofiq
boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim.
(6-q.)
Ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq oʻz ehtiyojlari uchun soliq solish obyekti
deb eʼtirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq
toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi.