vositalariga nisbatan bunday shartnomalar 30 kungacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlsa, qisqa
muddatli deb hisoblanadi;
9) televideniyeda va (yoki) radioda, ommaviy axborot vositalarida va boshqa shakllarda
reklamani joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida amalga oshiriladigan
xizmatlar;
10) ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan elektron shakldagi xizmatlar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar
tomonidan olinsa. Bunda, agar quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa,
Oʻzbekiston Respublikasining hududi jismoniy shaxs tomonidan elektron shakldagi xizmatlarni
olish joyi deb eʼtirof etiladi;
a) xaridorning yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa;
b) xaridor tomonidan xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan bank yoki xaridor
tomonidan xizmatlarga haq toʻlash amalga oshiriladigan toʻlov tizimlarining operatori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa;
v) xaridor xizmatlarni olish chogʻida foydalangan tarmoqning manzili Oʻzbekiston
Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
g) xizmatlarni olish yoki xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan telefon raqami
mansub boʻlgan mamlakatning xalqaro kodi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berilgan boʻlsa.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi, agarda ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan
xizmatlarni realizatsiya qilish joyi unda belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlmasa, ushbu
xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydi.
(5-q.)
Agar xizmatlar koʻrsatish asosiy xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan yordamchi
xususiyatga ega boʻlsa, bunday realizatsiya qilish joyi deb asosiy xizmatlar realizatsiya qilingan
joy eʼtirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: