qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilishi mumkin;
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
2) aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar.
(4-q.)
Soliq toʻlovchilar soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻini (bundan buyon ushbu
boʻlimda soliq deb yuritiladi) toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobida turadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
quyidagilarning tartibi
belgilanadi:
soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganlik
toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu boʻlimda guvohnoma deb yuritiladi) berish;
guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash,
tugatish yoki uni bekor qilish;
guvohnoma oʻz vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud guvohnomaning
amal qilishi toʻxtatib turilganligi, tugatilganligi
yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek oʻz
vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish;
soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobidan chiqarish.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Qarang: VMning 2022 yil 22-sentyabrdagi 595-son Qarori bilan tasdiqlangan "Qoʻshilgan qiymat
soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom
Dostları ilə paylaş: