(4-q.)
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning
mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid
huquqbuzarlik sodir etilishini keltirib chiqargan aybiga qarab aniqlanadi.
215-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir
etganlikdagi aybini istisno qiluvchi holatlar
(1-q.)
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan
holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari boʻlgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa
favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi. Mazkur holatlar
hammaga maʼlum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan
maʼlumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan
aniqlanadi;
2) soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari boʻlgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda
kasallik oqibatida oʻz harakatlarini oʻzi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda
boʻlgan soliq toʻlovchi - jismoniy shaxs tomonidan sodir etilganda. Mazkur holatlar mazmuni,
mohiyati va sanasi boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan oʻsha soliq davriga taalluqli
boʻlgan hujjatlarni soliq organiga taqdim etish orqali isbotlanadi;
3) soliq organining yoki boshqa vakolatli organning (ushbu organ mansabdor shaxsining)
soliqni (yigʻimni) hisoblab chiqarish, toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik
qoʻllanilishining boshqa masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga (yigʻim
toʻlovchiga, soliq agentiga) yoxud nomaʼlum doiradagi shaxslarga bergan yozma tushuntirishlari
soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganda. Mazkur holatlar ushbu
organning tegishli hujjati mavjud boʻlgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjat maʼnosi va
mazmuniga koʻra, bunday hujjat qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik
yuz bergan soliq davriga taalluqli boʻladi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi
band)
4) soliq monitoringini oʻtkazish davrida soliq organining soliq toʻlovchiga (yigʻim
toʻlovchiga, soliq agentiga) yuborilgan asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq
agenti) tomonidan bajarilganda.
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari qoidalari, agar soliq organining
yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti)
tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri axborotga asoslangan boʻlsa,
qoʻllanilmaydi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganida shaxs
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgar boʻlmaydi.
Dostları ilə paylaş: