(3-q.)
Yuridik shaxsning soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlikka
tortilishiga mazkur huquqbuzarlik sodir etilganligi fakti soliq organining kuchga kirgan qarorida
aniqlanganligi asos boʻladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik
uchun javobgarlikka
tortilishi tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini maʼmuriy, jinoiy
yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
(5-q.)
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi uni
toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar (yigʻimlar) va penyalarning summalarini toʻlash (oʻtkazish)
majburiyatidan ozod etmaydi.
(6-q.)
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid
huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb hisoblanmaydi. Javobgarlikka
tortilayotgan shaxs
oʻzining soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor emasligini isbotlashi shart emas.
(7-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik fakti va shaxsning uni sodir etishda aybdorligi toʻgʻrisida
dalolat beruvchi holatlarni isbotlash majburiyati soliq organlarining zimmasiga yuklatiladi.
213-modda. Javobgarlikka tortishni
istisno etuvchi holatlar
(1-q.)
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun
quyidagi holatlardan hech
boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
1) soliqqa oid huquqbuzarlik
holatining mavjud emasligi;
2) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning
aybi mavjud emasligi;
3) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari oʻtib
ketganligi.
(2-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud boʻlganda
ham shaxs
soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: