VA ULARNI SODIR ETGANLIK
UCHUN JAVOBGARLIK
27-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar
sodir etganlik uchun
javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (210 - 218-moddalar)
28-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni
sodir etganlik uchun javobgarlik (219 - 227-moddalar)
29-bob. Soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilikni buzganlik
uchun banklarning javobgarligi (228 - 229-moddalar)
27-BOB. SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR
SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
TOʻGʻRISIDAGI UMUMIY QOIDALAR
210-modda. Soliqqa oid
huquqbuzarlik tushunchasi
211-modda. Javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxslar
212-modda. Javobgarlikka tortishning
umumiy shartlari
213-modda. Javobgarlikka tortishni istisno etuvchi holatlar
214-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir
etilganda ayb shakllari
215-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir
etganlikdagi aybini istisno
qiluvchi holatlar
216-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar
217-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi
218-modda.
Moliyaviy sanksiyalar
210-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi
Soliq toʻlovchining, soliq agentining yoki boshqa shaxsning ushbu Kodeksda javobgarlik
belgilangan gʻayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik
deb eʼtirof etiladi.
211-modda. Javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxslar
(1-q.)
Yuridik va jismoniy shaxslar soliqqa oid huquqbuzarliklarni
sodir etganlik uchun
ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan hollarda javobgar boʻladi.
(2-q.)
Jismoniy shaxs soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun oʻn olti yoshdan
boshlab javobgarlikka tortilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: