207-modda. Daromadlarga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasi (1-q.)
Chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq chet el
kompaniyasi va uning alohida boʻlinmalari tomonidan hisoblab chiqarilgan daromad (foyda)
soligʻi hamda bunday daromadlarning toʻlov manbaida ushbu kompaniya daromadlaridan
(foydasidan) ushlab qolingan daromad (foyda) soligʻi summasining chet el kompaniyasining uning
alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasiga nisbati
chet el kompaniyasining daromadlariga (foydasiga) soliq solishning samarali stavkasi hisoblanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Daromad (foyda) soligʻi summasini hisob-kitob qilish chogʻida soliq toʻlovchi chet el
kompaniyasining uning alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining)
umumiy summasini hisob-kitob qilish chogʻida inobatga olingan daromadlar (foyda) jumlasiga
kiruvchi va chet el tashkilotining chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlat (hudud)
qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilishi va (yoki) chet el kompaniyasining uning alohida
boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasi hisoblab
chiqarilgan davrdan farq qiluvchi boshqa davrlarda ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliqlar
summasiga tuzatish kiritishga haqli.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Agar soliq davri yakunlari boʻyicha chet el kompaniyasida daromadlar mavjud
boʻlmasa yoki daromadining (foydasining) umumiy summasi manfiy yoxud nolga teng boʻlsa,
samarali soliq stavkasini hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi, nazorat qilinadigan chet el
kompaniyasi esa ushbu Kodeksning 204-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni
qanoatlantiruvchi deb eʼtirof etiladi.
208-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining