1) uning passiv faoliyatdan olingan daromadlarining (bundan aktiv chet el kompaniyasidan
olingan dividendlar mustasno) ulushi moliya yilida moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra oʻz
daromadlari umumiy summasining 5 foizidan oshmasa;
2) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan ulushni hisob-kitob qilishda dividendlari passiv
faoliyatdan olingan daromadlar tarkibidan chiqariladigan har bir aktiv
chet el kompaniyasining
ustav fondida (ustav kapitalida) uning bevosita ishtirok etish ulushi ketma-ket keladigan kamida
uch yuz oltmish besh kalendar kun ichida kamida 50 foizni tashkil etsa.
(4-q.)
Ushbu moddaning maqsadida moliya yili deganda, chet
el yuridik shaxsi tashkil
etilgan davlatning qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladigan vaqt davri moliyaviy yil,
uning moliyaviy hisoboti deganda esa ushbu yuridik shaxsning konsolidatsiya qilinmagan
moliyaviy hisoboti tushuniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Qaysi faoliyat turini amalga oshirishdan olingan daromad
soliq solish maqsadida
passiv faoliyatdan olingan daromad deb qaralishi ushbu Kodeksning 206-moddasiga muvofiq
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: