6) soliq monitoringi ishtirokchilariga.
(5-q.)
Soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan
qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida toʻliq
hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan
soliq summasi
asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral
soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotida oʻrni qoplanishi uchun koʻrsatilgan soliq
summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz
ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya
hisoblangan holda budjetga toʻlashi shart.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi
qism) (Oldingi tahririga qarang)
(6-q.)
Soliq summalarining oʻrnini
qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq
kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq
summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi
qism) (Oldingi tahririga qarang)
Dostları ilə paylaş: