Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

284-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Aksiz soligʻi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solinadigan 
obyektlar quyidagilardan iborat: 
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aksiz toʻlanadigan 
tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish: 
tovarga boʻlgan mulk huquqini berish; 


garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyilgan aksiz 
toʻlanadigan tovarlarni garovga qoʻyuvchi tomonidan berish; 
aksiz toʻlanadigan tovarlarni bepul berish; 
aksiz toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq toʻlash yoki 
dividendlar toʻlash hisobidan berish; 
2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa 
sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha 
sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish; 
3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni: 
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda 
yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan 
ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib 
olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar 
qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish; 
v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish; 
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, 
shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli 
boʻlgan, shuningdek aksiz toʻlanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli boʻlgan, 
aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning 
mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish; 
5) aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish; 
6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish; 
7) benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki 
ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish; 
8) aksiz toʻlanadigan xizmatlar koʻrsatish; 
9) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) Oʻzbekiston 
Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning buzilishi, 
yoʻqotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor 
tomonidan tovarning qiymati sugʻurta orqali toʻlangan yoki uning oʻrni qoplangan taqdirda, aksiz 
soligʻi sugʻurta orqali toʻlash (oʻrnini qoplash) ulushida toʻlanadi. 
(2-q.)
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) 
realizatsiya qilish; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi 
tahririga qarang) 
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab 
chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni keyinchalik Oʻzbekiston 
Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish; 
3) ixtisoslashtirilgan gaz taʼminoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy 
ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz toʻlanadigan tovarlarni: 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda 
insonparvarlik yordami sifatida olib kirish; 
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan 
texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida olib kirish;
agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro 
moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish; 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
5) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq 
solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import 
qilish. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar 


tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonunchilikda belgilanadi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, 
telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini 
sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari 
tizimining texnik vositalari; 
7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya 
hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) 
mahsulotlariga. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin