OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI
283-modda. Soliq toʻlovchilar
284-modda. Soliq solish obyekti
285-modda. Soliq bazasi
286-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga)
doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
288-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash
289-modda. Soliq stavkalari
289-1-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
289-2-modda. Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
289-3-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan
tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari
283-modda. Soliq toʻlovchilar
(1-q.)
Aksiz soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb
yuritiladi) deb quyidagi shaxslar eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz
toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan
avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz toʻldirish stansiyalari
va gaz toʻldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni
qoʻllash maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi
hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son
Qonuni tahriridagi band)
4) oddiy shirkat ishtirokchisi boʻlgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga
oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat boʻyicha
oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib
oʻtuvchilar. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq toʻlovchilar deb
eʼtirof etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(2-q.)
Quyidagilar ham soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi:
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz toʻlanadigan xizmatlarni)
koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz
soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga
oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Dostları ilə paylaş: