Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

XI BOʻLIM. 
AKSIZ SOLIGʻI 
40-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti 
va soliq bazasi (283 - 289-3-moddalar) 
41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini
taqdim etish va soliq toʻlash tartibi (290 - 293-moddalar) 
40-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR, SOLIQ SOLISH 


OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI 
283-modda. Soliq toʻlovchilar 
284-modda. Soliq solish obyekti 
285-modda. Soliq bazasi 
286-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) 
doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana 
287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish 
288-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash 
289-modda. Soliq stavkalari 
289-1-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari 
289-2-modda. Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari 
289-3-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan 
tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari 
283-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Aksiz soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb 
yuritiladi) deb quyidagi shaxslar eʼtirof etiladi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz 
toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar; 
2) tabiiy gazni isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan 
avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz toʻldirish stansiyalari 
va gaz toʻldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni 
qoʻllash maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi 
hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi; 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son 
Qonuni tahriridagi band) 
4) oddiy shirkat ishtirokchisi boʻlgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga 
oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat boʻyicha 
oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib 
oʻtuvchilar. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq toʻlovchilar deb 
eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(2-q.)
Quyidagilar ham soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi: 
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz toʻlanadigan xizmatlarni) 
koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz 
soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga 
oshiruvchi chet el yuridik shaxslari. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin