Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

285-modda. Soliq bazasi 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(1-q.)
Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz toʻlanadigan tovarlarning 
(xizmatlarning) har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. 
(2-q.)
Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qatʼiy) 
summada belgilangan boʻlsa, soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada 
ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(3-q.)
Ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) soliq stavkalari 
foizlarda (advalor) belgilangan boʻlsa, soliq bazasi boʻlib realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan 
tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past boʻlmagan qiymati 
hisoblanadi. 
(4-q.)
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq toʻlash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga 
bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan 
tovarlar boʻyicha soliq bazasi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan 
tartibda aniqlanadi. 
(5-q.)
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab 
chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab 
chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va 
materiallarning qiymatini oʻz ichiga oladi. 
(6-q.)
Aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq 
stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi, agar ushbu 
moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz 
toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz 
toʻlanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(7-q.)
Chetdan olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) 
soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq 
belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi. 
(8-q.)
Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan soliq 
stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi import qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning natura 
holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(9-q.)
Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor 
soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona 


qonunchilikka muvofiq belgilanadigan, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan 
hajmidan va (yoki) aksiz toʻlanadigan tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq 
belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(10-q.)
Benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish 
chogʻida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel 
yoqilgʻisi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin