Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga)



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

286-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) 
doir soliq solinadigan operatsiyalar 
amalga oshiriladigan sana 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana 
aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan 
sana hisoblanadi.
(2-q.)
Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solish operatsiyalarini 
amalga oshirish sanasi ularni bojxonaning import tartib-taomilidan chiqarish sanasi hisoblanadi.
287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish 
Soliq bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hollarda 
va tartibda, soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshiriladi. 
288-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar 
eksportini tasdiqlash 
(1-q.)
Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iboratdir: 
1) eksport qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarni yetkazib berishga doir kontrakt 
(kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi); 
2) tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi 
qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi; 
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktida joylashgan 
bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi 
qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar; 
4) chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq 
toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma. 
(2-q.)
Tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar eksport 
rejimiga chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan 
taqdirda, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish soliq solishning obyekti deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) 
shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilingan taqdirda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq 
beruvchi) tomonidan soliq toʻlovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik 
shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi) qoʻshimcha ravishda 
taqdim etiladi. 



Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin