(1-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi
tomonidan tekin olingan mol-mulk va (yoki) xizmatlar soliq toʻlovchining daromadi deb eʼtirof
etiladi.
(2-q.)
Mol-mulkni (xizmatlarni) tekin asosda olish chogʻida oluvchi shaxsning daromadlari,
agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu mol-
mulkning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(3-q.)
Tekin olingan mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymati hujjat bilan tasdiqlanishi
kerak. Xususan, quyidagilar shunday hujjatlar boʻlishi mumkin:
1) yuklab joʻnatishga, yetkazib berishga yoki topshirishga doir hujjatlar;
2) mahsulot yetkazib beruvchilarning narxga doir maʼlumotlari (prays-varaqlar);
3) ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlar;
4) birja xabarlari;
5) davlat statistika organlarining maʼlumotlari.
(4-q.)
Qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarish sharti bilan
moliyaviy yordam) olish chogʻida qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish sharti bilan
moliyaviy yordam) olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qarz beruvchining
daromadini aniqlashning xuddi shunday tartibi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam)
olish sanasida stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta
moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlgan foizlar toʻlash sharti bilan berilgan qarzlarga (qaytarish
sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qoʻllaniladi.
(5-q.)
Ushbu modda toʻrtinchi qismining qoidalari:
1) banklararo operatsiyalarga va kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga koʻra, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari
tomonidan beriladigan qarzlarga (ssudalarga);
3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining bir ishtirokchisi tomonidan ayni shu
konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchisiga beriladigan qarzlarga (qaytarib berish
sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
(6-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda
tutilgan soliq solishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mol-mulkni ishonchli
boshqaruvga berishdan naf oluvchi oladigan daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: