Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

308-modda. Investitsiyaviy chegirma 
(1-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning 
boshlangʻich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim boʻlgan amortizatsiya 
qilinadigan aktivlar boʻyicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va 
shartlarda qoʻllashga haqli. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
tahririga qarang) 


(2-q.)
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qoʻllaniladi: 
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik 
va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini 
yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminotini 
sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summalarining 20 foizi miqdorida; 
(OʻzR 29.12.2021-
y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) 
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari 
uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan 
mablagʻlar summasining 10 foizi miqdorida. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni 
tahriridagi band) 
(4-q.)
Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan 
xarajatlar boʻyicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi. 
(5-q.)
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan 
yoxud oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta 
jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab 
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga 
oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini 
yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminoti 
sotib olingan hisobot (soliq) davrida qoʻllaniladi. 
(6-q.)
Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq 
toʻlovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan eʼtiboran koʻpi bilan uch yil oʻtgan 
mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi texnologik uskunalar deb 
eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 
(7-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktiv u boʻyicha investitsiyaviy chegirma qoʻllanilgan 
sanadan eʼtiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda chiqib 
ketgan taqdirda, investitsiyaviy chegirmaning amal qilishi bunday aktivning chiqib ketishi roʻy 
bergan hisobot (soliq) davrida jamgʻarilgan amortizatsiya summasidan uni chegirib tashlash orqali 
bekor qilinadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(8-q.)
Ushbu modda yettinchi qismining qoidalari amortizatsiya qilinadigan aktivning 
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, yongʻin, avariya va shunga oʻxshash boshqa holatlar) tufayli 
chiqib ketishi hollariga nisbatan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich 
qiymati uning chiqib ketish sanasiga qadar ushbu Kodeksning 306-moddasida belgilangan 
normalar boʻyicha toʻliq amortizatsiya qilinishi mumkin boʻlgan hollarda tatbiq etilmaydi. 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin