Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Geologik jihatdan oʻrganish, qidirish va



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

311-modda. Geologik jihatdan oʻrganish, qidirish va 
tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik 
ishlari uchun xarajatlar 
(1-q.)
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik 
jihatdan oʻrganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun 
amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek 
ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan boshqa xarajatlar amortizatsiya 
qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 
hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi. 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlari 
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish 
ishlari boʻyicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq 
toʻlovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari 
yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya 
qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi. 


(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xarajatlar foydali 
qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan 
eʼtiboran soliq toʻlovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib 
tashlanadi. 
(4-q.)
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq toʻlovchining xohishiga koʻra 
belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan: 
biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv 
guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda; 
biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv 
guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda 
hisoblab chiqariladi. 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb 
hisoblansin 
(5-q.)
Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq toʻlovchi yer qaʼri uchastkasidagi ishlarni 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa 
sabablarga koʻra tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qaʼridan foydalanish 
huquqi toʻliq tugatilsa, soliq toʻlovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq) davrida qilingan 
xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin