Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari 


(1-q.)
Banklar va bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir litsenziya asosida bank 
operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek sugʻurta 
tashkilotlari qonunchilik talablariga muvofiq zaxira fondlarini tashkil etadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira fondlariga ajratmalar 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, quyidagi normalar doirasida xarajatlar jumlasiga 
kiritiladi: 
banklar tomonidan - qonunchilikda belgilangan normaning 80 foizidan koʻp boʻlmagan 
miqdorda; 
bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir litsenziya asosida bank operatsiyalarining 
ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va sugʻurta tashkilotlari tomonidan - 
qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan yuqori boʻlmagan miqdorda. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari sof foyda hisobidan 
shakllantiriladigan zaxira fondlarini tashkil etish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(4-q.)
Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan boʻlsa, tashkil etilgan 
zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi. 
316-modda. Kafolatli taʼmirlash va kafolatli 
xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar 
uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari 
(1-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi 
kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxira tashkil 
etishga haqli. Bunday zaxirani shakllantirishga doir ajratmalar ushbu moddada nazarda tutilgan 
tartibda chegirmalar jumlasiga kiritiladi. Soliq toʻlovchi bunday zaxirani tashkil etish toʻgʻrisidagi 
qarorni mustaqil ravishda qabul qiladi va soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatida 
ajratmalarning eng yuqori miqdorini aniqlaydi. 
(2-q.)
Zaxira xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq kafolatli muddat 
davomida xizmat koʻrsatish va taʼmirlash nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan 
tashkil etiladi. Mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasidagi zaxiraga ajratmalar 
summasi xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(3-q.)
Tashkil etilgan zaxiraning miqdori kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha 
soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur tovarlarni 
(xizmatlarni) oʻtgan uch yil davomida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushi 
sifatida aniqlanadigan, hisobot (soliq) davrida mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya 
qilishdan olingan tushum summasiga koʻpaytirilgan eng koʻp miqdordan oshmasligi kerak. Agar 
soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlashni va xizmat koʻrsatishni bajarish sharti 
bilan realizatsiya qilishni uch yildan kam muddatda amalga oshirayotgan boʻlsa, tashkil 
etilayotgan zaxiraning eng koʻp miqdorini hisob-kitob qilish uchun mazkur tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning bunday realizatsiya qilishning haqiqiy 
davridagi hajmi inobatga olinadi. 
(4-q.)
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni kafolatli taʼmirlash va xizmat 
koʻrsatish sharti bilan amalga oshirmagan soliq toʻlovchi mazkur chiqimlar uchun kutilayotgan 
xarajatlarning miqdoridan oshmaydigan miqdordagi zaxirani tashkil etishga haqli. Kutilayotgan 


xarajatlar deganda kafolat muddati inobatga olingan holda kafolat majburiyatlarini bajarish 
rejasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi.
(5-q.)
Soliq davri tugagach, soliq toʻlovchi tashkil etilgan zaxiraning miqdoriga kafolatli 
taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur 
tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan davrda realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushidan 
kelib chiqqan holda tuzatish kiritishi kerak. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq davrida kafolatlar berish sharti bilan realizatsiya 
qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish uchun toʻliq 
foydalanilmagan zaxira summasi soliq toʻlovchi tomonidan keyingi soliq davriga oʻtkazilishi 
mumkin. Bunda keyingi soliq davrida yangi tashkil etilayotgan zaxiraning summasiga zaxiraning 
oldingi soliq davridagi qoldigʻi summasi miqdorida tuzatish kiritilishi kerak. Agar yangi tashkil 
etilayotgan zaxiraning summasi oldingi soliq davrida tashkil etilgan zaxira qoldigʻining 
summasidan kam boʻlsa, ular oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchining joriy soliq davridagi daromadlari 
tarkibiga kiritilishi lozim. 
(7-q.)
Agar soliq toʻlovchi zaxira tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, kafolatli 
taʼmirlashga doir haqiqiy xarajatlarni hisobdan chiqarish tashkil etilgan zaxira hisobidan amalga 
oshiriladi. Agar tashkil etilgan zaxiraning summasi soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan 
taʼmirlash xarajatlarining summasidan kam boʻlib qolsa, ular oʻrtasidagi farq chegirmalar 
jumlasiga kiritilishi lozim. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlash va ularga kafolatli xizmat 
koʻrsatish sharti bilan sotishni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ilgari tashkil etilgan va 
foydalanilmagan zaxiraning summasi kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatishga doir 
shartnomalarning amal qilish muddatlari tugaganidan keyin daromadlar tarkibiga kiritilishi lozim. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin