Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


boʻyicha soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

boʻyicha soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan 
qimmatli qogʻozlarga doir REPO operatsiyalari ishtirokchilariga soliq solish ushbu moddada 
belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
(2-q.)
Ushbu moddaning qoidalari tegishli fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida 
vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan soliq toʻlovchi 
hisobidan amalga oshirilgan soliq toʻlovchining REPO operatsiyalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(3-q.)
REPOning birinchi qismi boʻyicha va REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli 
qogʻozlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq solish maqsadlarida moliyaviy natija aniqlanmaydi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchi oʻzi qabul qilgan soliq siyosatiga muvofiq soliq solish maqsadlarida 
REPO operatsiyasi boʻyicha chiqib ketayotgan (qaytarilayotgan) qimmatli qogʻozlarni hisobga 
olish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi. 
(5-q.)
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi uchun 
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha sotib olish narxi va REPOning birinchi qismi boʻyicha 
realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farq deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 


1) xarajatlar tarkibiga kiritiladigan jalb etilgan mablagʻlar boʻyicha foizlar toʻlashga doir 
xarajatlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq ijobiy boʻlsa; 
2) daromadlar tarkibiga kiritiladigan, qimmatli qogʻozlar orqali berilgan qarz boʻyicha 
foizlar tarzidagi daromadlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq salbiy boʻlsa. 
(6-q.)
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor uchun 
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilish narxi va REPOning birinchi qismi boʻyicha 
sotib olish narxi oʻrtasidagi farq deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) daromadlar tarkibiga kiritiladigan, joylashtirilgan mablagʻlar boʻyicha foizlar tarzidagi 
daromadlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq ijobiy boʻlsa. 
2) xarajatlar tarkibiga kiritiladigan, qimmatli qogʻozlar orqali olingan qarz boʻyicha foizlar 
tarzidagi xarajatlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq salbiy boʻlsa. 
(7-q.)
Agar ushbu moddaning beshinchi va (yoki) oltinchi qismlarida nazarda tutilgan 
daromadlar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentga toʻlansa va ushbu daromadlar bu 
norezidentning doimiy maussasasi bilan bogʻliq boʻlmasa, bunday daromadlar ushbu 
norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari jumlasiga 
kiritiladi va unga REPOning ikkinchi qismi bajarilishi sanasida toʻlov manbaida soliq solinadi. 
(8-q.)
Ushbu modda maqsadlarida REPOning ikkinchi qismi boʻyicha ishtirokchilar 
majburiyatlarini ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida belgilangan oʻziga xos 
xususiyatlar hisobga olingan holda bajarish (tugatish) sanasi REPO operatsiyasi boʻyicha 
daromadlarni (xarajatlarni) eʼtirof etish sanasi deb hisoblanadi. 
(9-q.)
REPO operatsiyalarini tuzish va bajarish bilan bogʻliq xarajatlar umumiy tartibda 
hisobga olinadi.
(10-q.)
Agar REPOning birinchi va ikkinchi qismlarini bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda 
REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridorda REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchiga REPO 
operatsiyasining obyekti boʻlgan (kuponli toʻlov, qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatini 
qisman toʻlash) qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni berish majburiyati yuzaga kelsa, 
bunday toʻlovlarning summasi daromadlarni (xarajatlarni) ushbu moddaning beshinchi va oltinchi 
qismlariga muvofiq belgilangan tartibda hisob-kitob qilish davomida REPOning ikkinchi qismi 
boʻyicha realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritiladi. Mazkur qoida, agar repo shartnomasida 
REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli 
qogʻozlarni keyinchalik sotib olish chogʻida pul mablagʻlarini toʻlashga (REPOning ikkinchi 
qismi boʻyicha realizatsiya qilishga (sotib olish narxlariga) doir majburiyatlarini bunday 
toʻlovlarni amalga oshirish oʻrniga tegishli toʻlovlar summasiga kamaytirish nazarda tutilgan 
boʻlsa, qoʻllaniladi. Agar repo shartnomasiga muvofiq, bunday toʻlovlar REPOning ikkinchi qismi 
boʻyicha majburiyatlarni aniqlashda hisobga olinmasa, bu toʻlovlar summalari ushbu moddaning 
beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob 
qilishda realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi. 
(11-q.)
Agar repo shartnomasida REPO operatsiyasi obyekti boʻlgan qimmatli qogʻozlarning 
narxi oʻzgargan taqdirda, REPO ishtirokchilari oʻrtasida REPOning birinchi va ikkinchi qismlarini 
bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda hisob-kitoblarni (pul mablagʻlarini oʻtkazish va (yoki) 
qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish) amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday oʻtkazmalarning 
summalari ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan 
daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob qilishda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya 
qilish (sotib olish) narxiga kiritiladi. Mazkur qoida, agar repo shartnomasida hisob-kitoblarni 
amalga oshirishda sotuvchining REPOning birinchi qismi boʻyicha pul mablagʻlarini toʻlashga 
doir majburiyatlarini REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni keyinchalik sotib 


olishdagi oʻtkazmalar summasiga kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, qoʻllaniladi. Agar repo 
shartnomasiga muvofiq pul mablagʻlarini va (yoki) qimmatli qogʻozlarni bunday olish (oʻtkazish) 
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni aniqlash chogʻida hisobga olinmasa, bunday 
oʻtkazmalarning summalari ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq 
aniqlanadigan daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob qilishda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha 
realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi.
(12-q.)
Agar REPO operatsiyasi norezident (REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi) va 
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan yuridik shaxs (REPOning birinchi qismi 
boʻyicha xaridor) oʻrtasida amalga oshirilgan boʻlsa va REPO operatsiyasining obyekti boʻlgan 
aksiyalar (dividendlar olish huquqini beruvchi depozitar qaydlar) boʻyicha REPOning birinchi va 
ikkinchi qismlarini bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda dividendlar toʻlangan boʻlsa (dividendlar 
olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati tuziladi), REPOning birinchi qismi boʻyicha 
xaridor dividendlarni toʻlash manbaida qaysi dividendlar boʻyicha soliq agenti soliqni ushlab 
qolmagan boʻlsa yoki soliq mazkur norezident uchun dividendlar tarzidagi daromadlardan 
hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam summada ushlab qolingan boʻlsa, oʻsha dividendlar 
tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq agenti deb eʼtirof etiladi. 
(13-q.)
Agar repo shartnomasida REPO operatsiyasining birinchi qismi boʻyicha berilgan 
qimmatli qogʻozlarni ushbu Kodeksning 52-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa qimmatli 
qogʻozlar bilan almashtirish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa, bunday almashtirish chogʻida 
soliq solish tartibi oʻzgarmaydi.
(14-q.)
Soliq solish maqsadlarida lozim darajada bajarish chogʻida qimmatli qogʻozlarni 
REPOning ham birinchi, ham ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilishning haqiqatdagi narxi, 
ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
(15-q.)
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan taqdirda bunday REPO 
operatsiyasi boʻyicha soliq bazasi ushbu operatsiya ishtirokchilari tomonidan quyidagi tartibda 
aniqlanadi: 
1) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi REPOning ikkinchi qismi bajarilganligini 
soliq solish maqsadlarida eʼtirof etadi. Bir vaqtning oʻzida u REPOning ikkinchi qismi boʻyicha 
qaytarib sotib olinmagan qimmatli qogʻozlarning REPO operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni 
repo shartnomasi orqali yoki REPO operatsiyasi taraflarining boshqa bitimi orqali tugatish 
maqsadlari uchun aniqlanadigan narxdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinganligini eʼtirof 
etadi va bunda ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatini ushbu Kodeksda belgilangan soliq 
solish maqsadlari uchun aniqlashga doir talablarni hisobga oladi. Qimmatli qogʻozlarni 
realizatsiya qilishni bunday eʼtirof etish shartnoma shartlariga muvofiq REPOning ikkinchi 
qismini bajarish sanasida yoxud oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish doirasida qimmatli 
qogʻozning oldi-sotdisi sanasida amalga oshiriladi;
2) REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor REPOning ikkinchi qismi bajarilganligini 
soliq solish maqsadlarida eʼtirof etadi. Bir vaqtning oʻzida u REPOning ikkinchi qismi boʻyicha 
sotilmagan qimmatli qogʻozlarning REPO operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni repo 
shartnomasi orqali yoki REPO operatsiyasi taraflarining boshqa bitimi orqali tugatish maqsadlari 
uchun aniqlanadigan narxdan kelib chiqqan holda sotib olinganligini eʼtirof etadi va bunda ushbu 
qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatini ushbu Kodeksda belgilangan soliq solish maqsadlari 
uchun aniqlashga doir talablarni hisobga oladi. Qimmatli qogʻozlarni olishni bunday eʼtirof etish 
shartnoma shartlariga muvofiq REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida yoxud oʻzaro hisob-
kitoblarni amalga oshirish doirasida qimmatli qogʻozning oldi-sotdisi sanasida amalga oshiriladi. 
(16-q.)
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha qisqa pozitsiyalarni ochishda soliq bazasini aniqlash 
tartibining oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 


Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organi 
bilan kelishilgan holda belgilanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin