Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

327-modda. Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar 
boʻyicha soliq bazasini aniqlashning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda 
chiqib ketishidan (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplashdan) 
olingan daromadlari qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib 
ketish narxidan, shuningdek soliq toʻlovchiga xaridor tomonidan toʻlangan, jamlangan foizli 
(kuponli) daromadning summasidan va soliq toʻlovchiga emitent (veksel beruvchi) tomonidan 
toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Bunda soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda 
chiqib ketishidan olgan daromadiga ilgari soliq solishda hisobga olingan foizli (kuponli) daromad 
summasi kiritilmaydi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan payli investitsiya fondining 
investitsiya paylarini realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi (shu 
jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplash) chogʻidagi xarajatlari 
qimmatli qogʻozni sotib olish narxidan (shu jumladan uni sotib olish xarajatlaridan), uni 
realizatsiya qilish xarajatlaridan, investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan qiymatidan 
ajratilgan siylovlar miqdoridan, qimmatli qogʻozlarni sotuvchiga soliq toʻlovchi tomonidan 
toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda 
ilgari soliq solishda hisobga olingan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasi xarajatga 
kiritilmaydi. 
(3-q.)
Ushbu bob maqsadlarida qimmatli qogʻozlar quyidagi hollarda ham realizatsiya 
qilingan (sotib olingan) deb eʼtirof etiladi: 
1) soliq toʻlovchining tegishli qimmatli qogʻozlarni bir turdagi muqobil talablarni hisobga 
oʻtkazish orqali berishga (qabul qilishga) doir majburiyatlari tugatilganda, shu jumladan bunday 
majburiyatlar qonunchilikka muvofiq kliringni amalga oshirishda tugatilgan taqdirda; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) uyushtirilgan savdolar qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan 
shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablar hisobga oʻtkazilganda, agar bunday hisobga 
olish netto-majburiyatlarning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa. 
(4-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitimlar amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli 
qogʻozga doir tegishli bitim tuzilgan savdolar oʻtkazilgan sana bitim amalga oshirilgan sana deb 
eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitim qimmatli qogʻozlarning uyushgan 
bozoridan tashqarida amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli qogʻozni oʻtkazishning barcha jiddiy 
shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi bitimni amalga oshirish sanasi deb eʼtirof etiladi. 


(6-q.)
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish chogʻida 
olingan aksiyalarni realizatsiya qiluvchi aksiyador boʻlgan soliq toʻlovchi daromadni aksiyalarni 
realizatsiya qilish narxi va aksiyalarning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish natijasida 
aksiyalarning soni oʻzgarishi hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan, dastlab toʻlangan qiymati 
oʻrtasidagi farq sifatida aniqlaydi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchi soliq solish maqsadlarida qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq, 
qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi chogʻida 
chiqib ketgan qimmatli qogʻozlarning qiymatini xarajatlarga oʻtkazishning quyidagi usullaridan 
birini mustaqil ravishda tanlaydi: 
1) sotib olish vaqtiga koʻra birinchi boʻlgan qiymat boʻyicha (FIFO); 
2) birlikning qiymati boʻyicha. 
(8-q.)
Ushbu modda maqsadlarida toʻlovi qimmatli qogʻozni chiqarish shartlarida nazarda 
tutilgan, qimmatli qogʻozni chiqarish sanasidan yoki keyingi kuponli daromadni toʻlash sanasidan 
qimmatli qogʻozni berish sanasiga qadar oʻtgan kalendar kunlar soniga mutanosib ravishda hisob-
kitob qilinadigan foizli (kuponli) daromadning bir qismi jamgʻarilgan foizli (kuponli) daromad 
deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi soliq toʻlovchilar 
tomonidan alohida aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlarning uyushgan 
bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha soliq bazasini qimmatli 
qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar operatsiyalari 
boʻyicha soliq bazasidan alohida aniqlaydi. 
(10-q.)
Oʻtgan soliq davrlari davomida qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha 
zarar (zararlar) koʻrgan soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha joriy 
hisobot (soliq) davrida olingan tegishli soliq bazasini ushbu Kodeksning 336-moddasida 
belgilangan tartibda va shartlarda kamaytirishga (ushbu zararlarni kelgusiga oʻtkazishga) haqli. 
(11-q.)
Oʻtgan soliq davrlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada 
boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan koʻrilgan zararlar hisobot (soliq) davrida 
belgilangan ushbu qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalarning soliq bazasini kamaytirishi 
mumkin.
(12-q.)
Oʻtgan soliq davrlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada 
boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan koʻrilgan zararlar ushbu toifadagi qimmatli 
qogʻozlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida soliq bazasini 
kamaytirishi mumkin. 
(13-q.)
Tegishli hisobot davrida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada 
boʻlgan hamda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli 
qogʻozlar operatsiyalaridan koʻrilgan zararlarni soliq davri mobaynida kelgusiga koʻchirish 
qimmatli qogʻozlarning koʻrsatilgan toifalari boʻyicha tegishincha bunday qimmatli qogʻozlarga 
doir operatsiyalardan koʻrilgan foyda doirasida alohida-alohida amalga oshiriladi. 
(14-q.)
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli 
qogʻozlarga doir operatsiyalardan olingan daromadlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida 
muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha qilingan xarajatlarga 
yoki koʻrilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas. 


(15-q.)
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli 
qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha olingan daromadlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan 
bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha qilingan 
xarajatlarga yoki koʻrilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas. 
(16-q.)
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozning bozor kotirovkasi deb quyidagilar 
eʼtirof etiladi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasida savdo tashkilotchisining savdolariga (shu jumladan birjaga) 
qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar uchun - bunday savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni mobaynida 
amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha qimmatli qogʻozning oʻrtacha tortilgan narxi; 
2) chet el savdo tashkilotchisining savdolariga (jumladan birjaga) qoʻyilgan qimmatli 
qogʻozlar uchun - bunday savdo tashkilotchisi tomonidan savdo kuni mobaynida oʻzi orqali 
amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitob qilinadigan qimmatli qogʻozning yopilish narxi. 
(17-q.)
Agar ayni bir qimmatli qogʻoz boʻyicha bitim ikki yoki undan ortiq savdo 
tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, soliq toʻlovchi savdo tashkilotchilarining birida 
yuzaga kelgan bozor kotirovkasini mustaqil tanlashga haqli.
(18-q.)
Agar oʻrtacha tortilgan narx savdo tashkilotchisi tomonidan hisob-kitob qilinmasa, 
ushbu modda maqsadlarida bu savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni davomida amalga oshirilgan 
bitimlarning eng past hamda eng yuqori narxlari yigʻindisining yarmi oʻrtacha tortilgan narx deb 
eʼtirof etiladi.
(19-q.)
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan savdo tashkilotchisi orqali bitim 
amalga oshirilgan taqdirda: 
1) qimmatli qogʻozga doir tegishli bitim amalga oshirilgan savdolar oʻtkazilgan sana bitim 
tuzilgan sana deb eʼtirof etiladi; 
2) soliq solish maqsadlarida qimmatli qogʻozni haqiqatda realizatsiya qilish (sotib olish) 
yoki boshqacha tarzda chiqib ketish narxi eʼtirof etiladi. 
(20-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitim qimmatli qogʻozlarning uyushgan 
bozoridan tashqarida (savdo tashkilotining ishtirokisiz) amalga oshirilgan taqdirda: 
1) qimmatli qogʻozni oʻtkazishning barcha jiddiy shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi 
bitimni amalga oshirish sanasi deb eʼtirof etiladi; 
2) agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish 
maqsadlarida quyidagi shartlarning hech boʻlmaganda bittasiga rioya etilganda, qimmatli qogʻozni 
haqiqatda realizatsiya qilish (sotib olish) yoki boshqacha tarzda chiqib ketish narxi bozor narxi 
deb eʼtirof etiladi:
agar bitim amalga oshirilgan kuni qimmatli qogʻozga nisbatan bittadan koʻp bitim roʻyxatga 
olingan boʻlsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, basharti bu narx bitimni amalga oshirish 
sanasida savdo tashkilotchisi (tashkilotchilari) tomonidan ushbu sanada roʻyxatga olingan mazkur 
qimmatli qogʻozga doir bitimlarning eng yuqori va eng past narxlari oʻrtasidagi oraliqda (narxlar 
oraligʻida) boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi;
agar bitim amalga oshirilgan sanada qimmatli qogʻozga doir bitta bitim roʻyxatga olingan 
boʻlsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu narx koʻrsatilgan qimmatli qogʻoz 
bilan bozor narxi belgilanayotgan bitimni amalga oshirish sanasidagi boshqa bir bitimning narxiga 
muvofiq boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi; 
3) ushbu qismning 2-bandini qoʻllash maqsadlarida: 
savdo tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olingan bitimlarning eng yuqori va eng past narxi 
(bitta bitimning narxi) manzilsiz buyurtmalar asosida amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha 
aniqlanadi; 


savdo tashkilotchilarida bitimni amalga oshirish sanasidagi narxlar oraligʻi (bitta bitimning 
narxi) toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda, ushbu band maqsadlari uchun savdo 
tashkilotchilarining tegishli bitim amalga oshirilgan kunga qadar boʻlib oʻtgan eng yaqin savdolar 
sanasidagi maʼlumotlariga koʻra ushbu qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish chogʻidagi oraliq 
narx (bitta bitimning narxi), agar ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha savdolar savdo 
tashkilotchisida bitim amalga oshirilgan sanadan keyingi ketma-ketlikdagi uch oy ichida loaqal bir 
marta oʻtkazilgan boʻlsa, qabul qilinadi; 
agar ayni bir qimmatli qogʻoz boʻyicha bitimlar koʻrsatilgan sanada ikki va undan ortiq 
savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, agar ushbu bandda boshqacha qoida 
belgilanmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida qimmatli 
qogʻozning narxini aniqlash uchun foydalanadigan narxlar oraligʻining (bitta bitim narxining) 
qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Bunda, agar ushbu moddada koʻrsatilgan savdo 
tashkilotchilaridan ayrimlarida ushbu qimmatli qogʻozga doir bittadan ortiq bitim roʻyxatga 
olingan boʻlsa, boshqa savdo tashkilotchilarida esa ushbu qimmatli qogʻozga doir faqat bitta bitim 
roʻyxatga olingan boʻlsa, soliq toʻlovchi ushbu qimmatli qogʻozga doir bittadan ortiq bitim 
roʻyxatga olingan savdo tashkilotchilari orasidan savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida 
qimmatli qogʻozning narxini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar oraligʻining (bitta bitim 
narxining) qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
(21-q.)
Muomalada boʻlgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularni joylashtirish chogʻida 
sotib olingan taqdirda, shuningdek ushbu qimmatli qogʻozlar joylashtirilgandan keyin doirasi 
cheklanmagan shaxslarga birinchi bor taklif qilinganda, shu jumladan ushbu qimmatli qogʻozlarni 
taklif etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan brokerdan sotib olinganda bunday qimmatli 
qogʻozlarning haqiqiy narxi bozor narxi deb eʼtirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul 
qilinadi. 
(22-q.)
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan 
bozoridagi bitimlarning eng past narxidan past narx boʻyicha realizatsiya qilingan taqdirda 
moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi bitimning eng past 
narxi qabul qilinadi. 
(23-q.)
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan 
bozoridagi bitimlarning eng yuqori narxidan yuqori narx boʻyicha sotib olingan taqdirda, 
moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi eng yuqori narxi qabul 
qilinadi. 
(24-q.)
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida yagona bitim amalga oshirilgan 
taqdirda, bunday bitimning narxi eng yuqori (eng past) narx deb eʼtirof etiladi. 
(25-q.)
Ochiq payli investitsiya fondlarining muomaladagi investitsiya paylariga doir 
operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular tegishli ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi 
mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan kompaniyadan sotib olingan (toʻlangan) 
taqdirda, bitimning haqiqiy narxi, agar u investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
belgilangan tartibda investitsiya payining hisob-kitob qiymatiga teng boʻlsa, bozor narxi deb 
eʼtirof etiladi va soliq solish maqsadida qabul qilinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi qism) 
(26-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimning haqiqiy narxi, agar 
ushbu bandda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qimmatli qogʻozning hisob-kitob 
qilingan narxi va narxning cheklangan tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib aniqlangan eng 
yuqori va eng past narxi oʻrtasidagi oraliqda turgan boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi va soliq 
solish maqsadlari uchun qabul qilinadi. 


(27-q.)
Ushbu modda maqsadlari uchun muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar 
narxining cheklangan tarzda chetga chiqishi, ushbu qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan 
narxidan 20 foiz miqdorda koʻpayishidan yoki kamayishidan kelib chiqib belgilanadi.
(28-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻoz hisob-kitob qilingan narxidan kelib chiqqan 
holda belgilangan eng kam narxidan va narxlarning chegaraviy tarzda chetga chiqishidan kelib 
chiqib hisoblangan narxidan past narxda realizatsiya qilingan taqdirda, moliyaviy natijani 
aniqlashda qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy 
oʻzgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng past narx qabul qilinadi.
(29-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob 
qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy oʻzgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng 
yuqori narx boʻyicha sotib olingan taqdirda, soliq solish maqsadlarida moliyaviy natijani 
aniqlashda qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy chetga 
chiqishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx qabul qilinadi.
(30-q.)
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada 
boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob narxini belgilash tartibi qimmatli qogʻozlar bozori 
boʻyicha vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan 
holda belgilanadi.
(31-q.)
Ochiq payli investitsiya fondlarining qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida 
muomalada boʻlmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular ochiq 
payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi 
boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan (toʻlangan) taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi 
investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya 
payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng boʻlsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning 
haqiqiy narxi qabul qilinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(32-q.)
Yopiq va oraliq payli investitsiya fondlarining muomalada boʻlmagan investitsiya 
paylariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular tegishli payli investitsiya fondini tashkil 
etuvchi mol-mulk ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib 
olingan taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng boʻlsa, 
soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(33-q.)
Agar investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq payli investitsiya 
fondlarining muomalasi cheklangan investitsiya paylarini berish, toʻlash yoki ayirboshlash 
investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati boʻyicha amalga oshirilmasa, agar bitimning 
haqiqiy bahosi bitta investitsiya payi beriladigan va payli investitsiya fondini ishonchli boshqarish 
qoidalariga muvofiq, tebranishlarning eng koʻp chegarasi hisobga olinmagan holda aniqlangan pul 
mablagʻlarining summasiga teng boʻlsa, soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy narxi qabul 
qilinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(34-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob qilingan narxi qimmatli 
qogʻozni oʻtkazishning barcha muhim shartlarini belgilovchi shartnoma sanasida aniqlanadi. 
(35-q.)
Soliq solish maqsadlari uchun muomalada boʻlmagan investitsiya paylarining hisob-
kitob qilingan narxi bitimni tuzish sanasiga eng yaqin boʻlgan, investitsiya payining hisob-kitob 
qilingan qiymati aniqlanadigan sanadan oldingi sanada aniqlanadi. 



Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin