Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

323-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida 
sotib olishda daromadlarni va xarajatlarni 
eʼtirof etishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ushbu boʻlim maqsadida korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olish narxi va 
korxonaning mol-mulk kompleksi sifatidagi sof aktivlarining qiymati (majburiyatlar chegirib 
tashlangan holdagi aktivlar) oʻrtasidagi farq ushbu moddada belgilangan tartibda soliq 
toʻlovchining xarajati (daromadi) deb eʼtirof etiladi. Mazkur farq topshirish dalolatnomasi asosida 
narxga ustama (ijobiy farq boʻlganda) yoki narxdan siylov berish (salbiy farq boʻlganda) tarzida 
aniqlanadi. 
(2-q.)
Korxona kim oshdi savdolarida xususiylashtirish tartibida yoki tanlov boʻyicha mol-
mulk majmui sifatida sotib olingan taqdirda, xaridor tomonidan toʻlanadigan ustama (olinadigan 
chegirma) miqdori xarid narxi va korxonaning mol-mulk majmui sifatidagi baholash 
(boshlangʻich) qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
(3-q.)
Xaridor tomonidan toʻlanadigan ustamaning (olinayotgan chegirmaning) summasi 
soliq solish maqsadida quyidagi tartibda hisobga olinadi:
1) mol-mulk majmui sifatidagi korxona xaridori tomonidan toʻlanadigan ustama xaridorning 
mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan 
keyingi oydan eʼtiboran besh yil mobaynida bir meʼyorda uning xarajatlari deb eʼtirof etiladi;
2) mol-mulk majmui sifatidagi korxonaning xaridori tomonidan olinadigan siylov 
xaridorning mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga boʻlgan mulk huquqining oʻtishini davlat 
roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilgan oydagi daromadi deb eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Sotuvchining korxonani mol-mulk majmui sifatida realizatsiya qilishdan koʻrgan 
zarari ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda soliq solish maqsadlarida sotuvchi 
tomonidan hisobga olinadi.
324-modda. Qimmatli qogʻozlarga doir REPO operatsiyalari 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin