(1-q.)
Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchisiga berilgan tegishli litsenziya mavjud
boʻlgan
taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari professional
faoliyatni amalga oshiruvchilar deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari soliq solish maqsadlarida
qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralariga ajratmalarni xarajatlar jumlasiga kiritishga
haqli.
Bunday holda, tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalari ilgari soliq bazasini
aniqlashda hisobga olingan qimmatli qogʻozlar qadrsizlanishining tiklangan zaxiralari summalari
mazkur soliq toʻlovchilarning daromadi deb eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralari qimmatli qogʻozlarning uyushgan
bozorida muomalada boʻlgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni
sotib olish narxlarining bu
qimmatli qogʻozlarning bozor kotirovkasidan (zaxiralarning hisob-kitob miqdori) ortiq boʻlgan
miqdorda, hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga koʻra tashkil etiladi (tuzatish kiritiladi).
Bunda qimmatli qogʻozni sotib olish narxiga ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozni sotib
olishga doir xarajatlar ham kiritiladi.
(4-q.)
Zaxiralar mazkur talablarni qanoatlantiradigan qimmatli qogʻozlarning bir marta
chiqarilishidagi (qoʻshimcha chiqarilishidagi) har bir qimmatli qogʻozga
nisbatan, boshqa
chiqarilgan (qoʻshimcha chiqarilgan) qimmatli qogʻozlarning qiymati oʻzgarishidan qatʼi nazar,
tashkil etiladi (tuzatishlar kiritiladi).
(5-q.)
Oʻziga nisbatan ilgari zaxira tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar realizatsiya qilingan
yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, ilgari soliq bazasini aniqlash chogʻida
hisobga
olingan tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalar, bunday zaxiraning summasi soliq
toʻlovchining qimmatli qogʻozni realizatsiya qilish yoki uning boshqacha
tarzda chiqib ketishi
sanasidagi daromadlariga kiritilishi lozim.
(6-q.)
Agar hisobot (soliq) davri tugagach, zaxiraning mazkur davr oxiridagi qimmatli
qogʻozlarning bozor kotirovkasi hisobga olingan holdagi summasi yetarli boʻlmasa, soliq toʻlovchi
zaxira summasini ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda koʻpaytiradi. Agar
hisobot (soliq) davrining oxiriga kelib ilgari tashkil etilgan zaxiraning qayta tiklangan summalar
hisobga olingan holdagi summasi hisob-kitob qilingan miqdordan koʻp boʻlsa, soliq toʻlovchi
zaxirani bunday qayta tiklash summalari daromadga kiritilgan
holda hisob-kitob qilingan
miqdorga kamaytiradi (tiklaydi).
(7-q.)
Qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralari, qimmatli qogʻozlar nominalining
valyutasidan qatʼi nazar, milliy valyutada tashkil etiladi. Chet el valyutasida nominallashtirilgan
qimmatli qogʻozlar uchun sotib olish narxi Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy bankining
qimmatli qogʻozni sotib olish sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisob-kitob
qilinadi, ularning bozor kotirovkasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining zaxirani
tashkil etish (tuzatish kiritish) sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha aniqlanadi.
(8-q.)
Chiqarilish shartlarida qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatini qisman qoplash
nazarda tutilgan qimmatli qogʻozlar uchun hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga koʻra
zaxirani shakllantirish (unga tuzatish kiritish) chogʻida sotib olish narxiga tuzatish qimmatli
qogʻozning nominal qiymatini qisman qoplash ulushi hisobga olingan holda kiritiladi.
(9-q.)
REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi boʻlgan yoki qimmatli qogʻozlar qarziga
doir operatsiyalar yuzasidan qarz beruvchi boʻlgan soliq toʻlovchi REPO operatsiyalari (qarz
shartnomasi) boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish
zaxiralarini shakllantirishga haqli emas.
(10-q.)
REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor boʻlgan yoki qimmatli qogʻozlar qarziga
doir operatsiyalar yuzasidan qarz oluvchi boʻlgan soliq toʻlovchi REPO operatsiyalari (qarz
shartnomasi) boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish
zaxiralarini shakllantirishga haqli.
Dostları ilə paylaş: