Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Notijorat tashkilotlarining soliq



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

318-modda. Notijorat tashkilotlarining soliq 
bazasini aniqlashning oʻziga 
xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 58-moddasida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda 
notijorat tashkilotining quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: 
1) notijorat tashkilotlarining taʼminoti va ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan 
ustav faoliyatini amalga oshirishi uchun maqsadli tushumlar;
2) kursdagi ijobiy farq summasining kursdagi salbiy farq summasidan ortiq qismi; 
3) aholining diniy maqsadda foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni realizatsiya 
qilishdan olingan daromad. 
(2-q.)
Notijorat tashkilotlarining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan 
daromadlariga umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi. 
(3-q.)
Notijorat tashkilotining ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq xarajatlar jumlasiga 
kiritilishi lozim boʻlgan chiqimlari quyidagi usullarning biri orqali aniqlanadi: 
1) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan daromadlarning notijorat tashkilotlari 
daromadlarining umumiy summasidagi ulushidan kelib chiqqan holda; 


2) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar hisobidan amalga oshirilgan 
xarajatlarning va boshqa daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarning alohida-alohida 
hisobga olinishini nazarda tutuvchi soliq hisobi maʼlumotlari asosida. 
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hisob mavjud boʻlmagan va 
(yoki) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlardan moʻljallangan maqsadda 
foydalanilmagan taqdirda (budjet mablagʻlari bundan mustasno), soliq toʻlovchi tomonidan 
olingan maqsadli mablagʻlar ushbu soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga kiritiladi va unga 
umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi. 
(5-q.)
Maqsadli foydalanilmagan budjet mablagʻlariga nisbatan budjet toʻgʻrisidagi 
qonunchilik normalari qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Ushbu moddaning qoidalari faoliyatni ijtimoiy sohada amalga oshiruvchi notijorat 
tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin