295-modda. Soliq solish obyekti
296-modda. Soliq bazasi
294-modda. Soliq toʻlovchilar
(1-q.)
Quyidagilar foyda soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq
toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon
ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik
shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu boʻlimda faoliyatni doimiy
muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi);
3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʻzbekiston
Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda norezidentlar
deb yuritiladi);
4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchilari boʻlgan yuridik
shaxslar;
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard
soʻmdan ortiq boʻlgan yoki oʻz ixtiyori bilan foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar;
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga
oshiriladigan faoliyat boʻyicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon
ushbu boʻlimda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining mazkur guruh masʼul ishtirokchisi
tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan qismi boʻyicha soliq toʻlovchilarning
majburiyatlarini bajaradi.
(3-q.)
Ushbu Kodeksning 36-moddasi toʻqqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini
amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq
toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aylanmadan soliq
toʻlovchi shaxslar soliq toʻlovchilar hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: