Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

295-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan olingan foyda foyda soligʻi (bundan buyon ushbu boʻlimda 
soliq deb yuritiladi) boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanadi. 
(2-q.)
Ushbu boʻlim maqsadida quyidagilar foyda deb eʼtirof etiladi:
1) yuridik shaxs uchun - ushbu boʻlimda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar 
oʻrtasidagi farq; 
2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun - ushbu 
Kodeksning 49-bobida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu 
boʻlimda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan jami daromad (shu 
jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston 
Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar oʻrtasidagi farq; 


3) norezident uchun - ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga 
olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar; 
4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun - ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan oʻziga xos 
xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar 
oʻrtasidagi farq;
5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun - birgalikda ishlab 
chiqarilgan tovarni (koʻrsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda 
ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) toʻgʻri keladigan birgalikdagi faoliyatga 
kiritilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq. 
296-modda. Soliq bazasi 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim 
boʻlgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi. 
(2-q.)
Soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq 
toʻlovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar 
boʻyicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu boʻlimga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy 
tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar boʻyicha daromadlarning 
(xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
(4-q.)
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida 
belgilanmagan boʻlsa, soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida koʻrilgan zararlar soliq solish 
maqsadlarida soliq bazasini ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda 
kamaytiradi. 
(6-q.)
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII 
boʻlimi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham oʻz ichiga oladi. 
(7-q.)
Soliq bazasiga ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi.
(8-q.)
Soliq toʻlovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) ushbu 
Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi. 
(9-q.)
Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib 
nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan 
holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor 
narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq toʻlovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari 
koʻpayishiga olib kelsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning VI boʻlimiga muvofiq belgilanadigan 
bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin