Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

289-modda. Soliq stavkalari 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada 
ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy belgilangan), shuningdek advalor 
va qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini oʻz ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi. 
289-1-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) 
(1-q.)
Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 
T/r 
Tamaki mahsulotlari turlari 
Soliq stavkalari 
import qilinganda 
ishlab chiqariladigan 
1. 
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar 
(sigaritlar), bidi, kretek 
342 000 soʻm/ 1 000 dona + 
10 foiz 
2023-yil 1-yanvardan: 
203 500 soʻm/ 1 000 dona 
+ 10 foiz 
2023-yil 1-fevraldan: 
223 850 soʻm/ 1 000 dona 
+ 10 foiz 
2. 
Sigara 
5 720 soʻm/1 dona 
3. 
Chilim uchun tamaki 
341 000 soʻm/kg* 
4. 
Chekiladigan, oʻrama tamaki 
341 000 soʻm/kg 
5. 
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan 
tamaki 
341 000 soʻm/kg 
6. 
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan 
tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan 
oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa 
mahsulotlar 
341 000 soʻm/kg 
7. 
Nikotinli tamakisiz snyus 
137 500 soʻm/kg 
8. 
Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik 
(kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron 
sigaretlarda foydalanish uchun boshqa 
konteynerlarda)** 
605 soʻm/ml 
*) Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib 
kirishda ham toʻlanadi. 
**) Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni isteʼmol qilish (elektron va 
boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan 
kelib chiqqan holda toʻlanadi. 


(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan 
stavkasi natura ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi, aksiz 
soligʻining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi 
qoʻshilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi. Tovar importida advalor 
soliq stavkasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga 
nisbatan qoʻllaniladi. 
(3-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3-6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi 
tamaki xom ashyosi massasiga nisbatan tamaki xom ashyosi massasi toʻgʻrisidagi axborotni 
isteʼmol qadogʻida (idishda) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki 
boʻyicha tamaki xom ashyosi massasi netto ogʻirligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, 
u holda aksiz soligʻi netto ogʻirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Isteʼmol qadogʻida 
(idishida) tamaki xom ashyosining ogʻirligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq 
stavkasi netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto ogʻirligiga 
nisbatan qoʻllaniladi, bunda isteʼmol qadogʻining (plastik bankaning, karton qutisining va shu 
kabilarning) ogʻirligi hisobga olinmaydi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tovarning ogʻirligi 
toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi isteʼmol qadogʻini (idishini) 
hisobga olgan holda netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin