Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

XII BOʻLIM. 
FOYDA SOLIGʻI 
42-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti 
va soliq bazasi (294 - 296-moddalar) 
43-bob. Jami daromad (297 - 304-moddalar) 
44-bob. Xarajatlar (305 - 317-moddalar) 
45-bob. Ayrim soliq toʻlovchilar va operatsiyalar turlari 
boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga 
xos xususiyatlari (318 - 331-moddalar) 
46-bob. Soliq bazasiga tuzatish kiritish (332 - 336-moddalar) 
47-bob. Soliq stavkalari. Soliqni hisoblab chiqarish 
va toʻlash tartibi (337 - 342-moddalar) 
48-bob. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga 
toʻlanadigan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (343 - 346-moddalar) 
49-bob. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
norezidentlarning daromadlariga soliq solishning 
oʻziga xos xususiyatlari (347 - 350-moddalar) 
50-bob. Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bogʻliq 
boʻlmagan daromadlariga soliq solishning oʻziga 
xos xususiyatlari (351 - 358-moddalar) 
51-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (359 - 363-moddalar) 
42-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR, SOLIQ SOLISH 
OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI 
294-modda. Soliq toʻlovchilar 


295-modda. Soliq solish obyekti 
296-modda. Soliq bazasi 
294-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Quyidagilar foyda soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq 
toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon 
ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi); 
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek 
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik 
shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu boʻlimda faoliyatni doimiy 
muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi); 
3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʻzbekiston 
Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda norezidentlar 
deb yuritiladi); 
4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchilari boʻlgan yuridik 
shaxslar; 
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard 
soʻmdan ortiq boʻlgan yoki oʻz ixtiyori bilan foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar; 
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga 
oshiriladigan faoliyat boʻyicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon 
ushbu boʻlimda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining mazkur guruh masʼul ishtirokchisi 
tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan qismi boʻyicha soliq toʻlovchilarning 
majburiyatlarini bajaradi. 
(3-q.)
Ushbu Kodeksning 36-moddasi toʻqqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini 
amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq 
toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aylanmadan soliq 
toʻlovchi shaxslar soliq toʻlovchilar hisoblanmaydi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin