(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan
stavkasi natura ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi, aksiz
soligʻining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi
qoʻshilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi. Tovar importida advalor
soliq stavkasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga
nisbatan qoʻllaniladi.
(3-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3-6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi
tamaki xom ashyosi massasiga nisbatan tamaki xom ashyosi massasi toʻgʻrisidagi axborotni
isteʼmol qadogʻida (idishda) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki
boʻyicha tamaki xom ashyosi massasi netto ogʻirligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda,
u holda aksiz soligʻi netto ogʻirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Isteʼmol qadogʻida
(idishida) tamaki xom ashyosining ogʻirligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq
stavkasi netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
(4-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto ogʻirligiga
nisbatan qoʻllaniladi, bunda isteʼmol qadogʻining (plastik bankaning, karton qutisining va shu
kabilarning) ogʻirligi hisobga olinmaydi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tovarning ogʻirligi
toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi isteʼmol qadogʻini (idishini)
hisobga olgan holda netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
Dostları ilə paylaş: