3) ijtimoiy-madaniy soha obyektlari: sogʻliqni saqlash
va madaniyat obyektlari, bolalar
maktabgacha taʼlim obyektlari, bolalarning dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar),
dam olish bazalari, pansionatlar, jismoniy
tarbiya va sport obyektlari, aholiga maishiy xizmat
koʻrsatish sohasining ishlab chiqarishga oid boʻlmagan obyektlari (hammomlar, saunalar,
kirxonalar, tikuvchilik ustaxonalari hamda maishiy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa ustaxonalar);
4) oʻz xodimlariga yoki oʻzga shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi
umumiy ovqatlanish punktlari, oʻquv kombinatlari va shunga oʻxshash boshqa xoʻjaliklar, ishlab
chiqarishlar hamda xizmatlar.
(3-q.)
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar xizmat koʻrsatuvchi
xoʻjaliklar tomonidan tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan mablagʻlarning
summasi bilan xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning umumiy faoliyatiga bogʻliq
xarajatlarning
summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
(4-q.)
Ushbu boʻlimga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan xarajatlar xizmat
koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
(5-q.)
Chegirib tashlanadigan xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi xizmat koʻrsatuvchi
xoʻjaliklardan koʻrilgan zarar deb eʼtirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: