Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

355-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq 
hisob-kitobini taqdim etish va uni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisoboti 
soliq agenti tomonidan oʻzi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga daromadlar toʻlangan 
oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. 
(2-q.)
Agar ushbu Kodeksning 356-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
norezidentlarning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliq summasi soliq 
agenti tomonidan budjetga quyidagi muddatlarda toʻlanadi: 
1) banklar tomonidan, bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar mustasno, - 
daromadlarni toʻlash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmay; 
2) qolganlar tomonidan, - norezidentga daromadlar toʻlangan kunning keyingi kunidan 
kechiktirmay. 
356-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining 
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Agar ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan ustav 
fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar, ulushlar (paylar), koʻchmas mulk, mol-mulk majmuasi 
tarzidagi korxonalar, payli investitsiya fondlari investitsiya paylari (bundan buyon ushbu moddada 
mol-mulk deb yuritiladi) norezident boʻlgan bir yuridik shaxs tomonidan norezident boʻlgan 
boshqa yuridik shaxsga yoki norezident boʻlgan jismoniy shaxsga yoxud Oʻzbekiston 
Respublikasi rezidentiga realizatsiya qilingan boʻlsa, ushbu modda qoidalari qoʻllaniladi. 
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi 
chet el tuzilmalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(3-q.)
Ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni 
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mol-mulkni realizatsiya qilish summasining uni hujjatlar 
bilan tasdiqlanadigan sotib olish qiymatidan oshgan summasi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni 
sotib olish qiymatini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmaganda, soliq agenti tomonidan soliqni 
ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Mol-mulkni realizatsiya qiluvchi norezident soliq agentiga mol-mulkni sotib olish 
qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalarini taqdim 
etishi shart. Soliq agenti taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi 
qismining 5-bandiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasidan hamda ushbu Kodeksning 353-
moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq summasini hisoblab chiqaradi 
va ushlab qoladi. 
(5-q.)
Soliq agenti sotib olinayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan 
oʻtkazguniga (rasmiylashtirguniga) qadar norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan 
daromadlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston 


Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi soliqning hisob-kitobini 
quyidagilarni realizatsiya qilish chogʻida mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim 
etishi shart: 
1) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) aksiyalarni, ulushni (payni) realizatsiya qilishda - mazkur yuridik shaxs roʻyxatdan 
oʻtkazilgan joydagi soliq organiga; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilishda - 
koʻchmas mulk turgan joydagi soliq organiga; 
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk majmuasi tarzidagi korxonani 
realizatsiya qilishda - mazkur korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga; 
4) qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan payli investitsiya fondlarining investitsiya 
paylarini realizatsiya qilishda - ishonchli boshqaruvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq 
organiga. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(6-q.)
Norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha soliq 
hisoboti norezident daromadni oladigan valyutada tuziladi. Soliq hisobotiga mol-mulk oldi-sotdi 
shartnomasining koʻchirma nusxasi hamda sotuvchi tomonidan taqdim etilgan, mol-mulkni olish 
qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. 
Agar mol-mulkni sotib olish qiymati soliq hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanmagan boʻlsa, 
mazkur qiymat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mol-mulkni sotib olish sanasidagi 
kursi boʻyicha soliq hisoboti tuzilayotgan valyutaga qayta hisoblab chiqariladi. Soliq organlari 
soliq hisob-kitobi taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida soliq agenti yoki uning 
vakolatli shaxsi nomiga soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq 
hisobotini taqdim etish sanasidagi kursi boʻyicha milliy valyutadagi soliq summasini koʻrsatgan 
holda toʻlov xabarnomasini yoxud norezident tomonidan realizatsiya qilingan mol-mulkdan 
olingan soliq boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yozib beradi. 
(7-q.)
Soliq sotib olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilguniga 
(rasmiylashtirilguniga) qadar budjetga toʻlanishi lozim. 
(8-q.)
Soliq organi soliq toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanadan 
eʼtiboran bir ish kuni ichida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaxsiga soliq toʻlanganligi yoxud 
soliq boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi, maʼlumotnoma olingan mol-
mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim 
etiladi. 
(9-q.)
Olinadigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi 
(rasmiylashtiruvchi) organlar soliq organining maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirdagina mulk 
huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni (rasmiylashtirishni) amalga oshiradi. 
(10-q.)
Ushbu modda uchinchi - toʻqqizinchi qismlarining qoidalari aksiyalarni va 
investitsiya paylarini Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlarining birjadagi va birjadan 
tashqari uyushgan bozorlarida realizatsiya qilish chogʻida qoʻllanilmaydi. 
(11-q.)
Aksiyalar va investitsiya paylari qimmatli qogʻozlarning birjadagi va birjadan 
tashqari uyushgan bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli 
qogʻozlari bozoridagi hisob-kitob - kliring palatasi soliq agenti deb eʼtirof etiladi. 
(12-q.)
Soliq agenti aksiyalarning va investitsiya paylarining tuzilgan oldi-sotdi bitimlari 
boʻyicha savdolar yakunlari reestri asosida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida 
realizatsiya qilingan aksiyalar (investitsiya paylari) qiymatidan va ushbu Kodeksning 353-


moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda sotuvchining pul mablagʻlaridan 
soliqni ushlab qoladi. 
(13-q.)
Soliq summasi pul mablagʻlarini aksiyalar va investitsiya paylari qiymatini toʻlash 
hisobiga bir vaqtning oʻzida sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan holda toʻlov 
valyutasida budjetga toʻlanadi. Soliq agenti aksiyalar va investitsiya paylari sotuvchisining 
talabiga koʻra bitim va ushlab qolingan soliq summasi haqida maʼlumotnoma berishi shart. 
(14-q.)
Soliq agenti soliq hisobotini taqdim etish muddatlarida oʻzi soliq hisobiga qoʻyilgan 
joydagi soliq organiga soliq ushlab qolingan aksiyalar va investitsiya paylarining oldi-sotdisiga 
doir bitimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan shakl boʻyicha reestrini taqdim etadi.
(15-q.)
Aksiyalar va investitsiya paylarini sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud 
boʻlgan taqdirda, sotuvchi soliq agenti soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga ortiqcha 
toʻlangan soliqni qaytarish toʻgʻrisida ariza taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aksiyalarni va 
investitsiya paylarini realizatsiya qilish va sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning 
koʻchirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim va ushlab qolingan soliq 
summasi haqidagi maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
(16-q.)
Norezidentlarning daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliq summasini 
qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin