Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni 
hisoblab chiqarish tartibi 
(1-q.)
Soliq bazasi soliq toʻlovchiga har bir daromadni toʻlash chogʻida soliq agenti 
tomonidan alohida aniqlanadi. 
(2-q.)
Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga 
solinadigan soliq summasi ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos 
xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizdagi 
ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. 
(3-q.)
Soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga daromadni toʻlash 
sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy 
valyutada, ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga 
olgan holda hisoblab chiqariladi va toʻlanadi. 
(4-q.)
Norezidentlarga toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq summasini hisoblab 
chiqarish va ushlab qolish soliq agenti tomonidan daromadlarning barcha turlari boʻyicha amalga 
oshiriladi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar: 
1) soliq agenti norezident tomonidan toʻlanadigan daromad norezidentning Oʻzbekiston 
Respublikasidagi doimiy muassasasiga taalluqli ekanligi va soliq agentining ixtiyorida norezident 
soliq organida norezidentning doimiy muassasasi sifatida hisobda turganligi toʻgʻrisida soliq 
organi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma borligi haqida xabardor qilingan boʻlsa; 
2) norezidentga toʻlanadigan daromadga nisbatan ushbu Kodeksning 353-moddasida 0 foizli 
soliq stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa; 


3) mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni bajarishda olingan daromadlar toʻlanadigan 
boʻlsa, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida bunday daromadlarni soliq solishdan 
ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
4) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan xalqaro shartnomalariga muvofiq 
Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinmaydigan daromadlar toʻlanadigan boʻlsa, basharti tegishli 
daromadni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan norezident tomonidan soliq agentiga ushbu 
Kodeksning 358-moddasida nazarda tutilgan tasdiqnoma taqdim etilgan boʻlsa. 
(5-q.)
Norezidentga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan xalqaro shartnomasiga 
muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha soliq solinadigan 
daromadlar toʻlangan taqdirda, daromadlardan soliq summasini hisoblab chiqarish va ushlab 
qolish norezident tomonidan soliq agentiga ushbu Kodeksning 358-moddasida nazarda tutilgan 
tasdiqnoma taqdim etilishi sharti bilan tegishli kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha amalga 
oshiriladi. Ushbu qism qoidalari mazkur Kodeksning 6-moddasi qoidalari hisobga olingan holda 
qoʻllaniladi. 
(6-q.)
Daromadni toʻlash deganda, norezidentga bunday toʻlash amalga oshiriladigan 
joyidan qatʼi nazar, quyidagilar tushuniladi, xususan: 
1) naqd pul va (yoki) naqd pulsiz shaklda pullarni, qimmatli qogʻozlarni, ishtirok etish 
ulushini, tovarlarni, mol-mulkni berish; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga nisbatan tuziladigan bitimlar 
(voz kechish haqi, bir turdagi qarama-qarshi talabnomani hisobga oʻtkazish, talab qilish huquqidan 
boshqa shaxs foydasiga voz kechish chogʻida hisobga oʻtkazish, novatsiya, qarzdan kechib 
yuborish); 
3) bajarishning imkoni boʻlmaganligi yoki qarzdor va kreditor ayni bir shaxs ekanligi tufayli 
daromadni toʻlash majburiyatining tugashi. 
(7-q.)
Agar daromad pulsiz shaklda yoki oʻzaro hisobga oʻtkazishlar orqali toʻlansa, 
shuningdek agar ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliq summasi norezidentning pul shaklida 
olinadigan daromadi summasidan ortiq boʻlsa, agar ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti soliqni norezidentning pulsiz shaklda 
olinadigan daromadini tegishli tarzda hisoblab chiqarilgan summada budjetga toʻlashi shart. 
(8-q.)
Norezidentning daromadlariga soliq solish mazkur norezident tomonidan oʻz 
daromadlarini uchinchi shaxslarning, boshqa davlatlardagi oʻz boʻlinmalarining foydasiga va 
boshqa maqsadlarda tasarruf etishdan qatʼi nazar, amalga oshiriladi. 
(9-q.)
Sugʻurta mukofotlaridan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarning toʻlangan 
summalari sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(10-q.)
Sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda sugʻurta toʻlovlari oʻzidan soliq agenti tomonidan 
soliq ushlab qolingan va toʻlangan sugʻurtalovchi boʻlgan norezidentning daromadlarini 
kamaytirish uchun hisobga oʻtkazishga qabul qilinadi. Mazkur qayta hisoblash norezidentga 
daromadni toʻlagan va daromadni toʻlash chogʻida soliqni ushlab qolgan soliq agenti tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin.
(11-q.)
Soliq summasi ushlab qolinmaganda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari qoidalari gʻayriqonuniy ravishda qoʻllanilganda, bu soliqning ushlab qolinmasligiga 
yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlsa, soliq agenti ushlab qolinmagan soliq summasini 
va tegishli penya summasini budjetga kiritishi shart.


(12-q.)
Soliq agenti tomonidan ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq norezidentning 
daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻz mablagʻlari hisobidan uni ushlab 
qolmagan holda toʻlangan taqdirda, soliq agentining soliqni ushlab qolish va oʻtkazish boʻyicha 
majburiyati bajarilgan deb eʼtirof etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin