Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki
norezident tomonidan daromadlarni toʻlashga asos boʻladigan qoʻshimcha shartnoma (kontrakt)
va boshqa hujjatlar vositachi orqali haqiqiy oluvchi boʻlgan har bir shaxs boʻyicha daromad
summasi aks ettirilganda uning pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli.
Bunday hujjatlar
quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismini (agar ular shaxsini tasdiqlovchi
hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa)
yoki yuridik shaxsning nomini;
2) rezidentlik mamlakatida soliq roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini yoki shunga monand
hujjat raqamini (mavjud boʻlgan taqdirda);
3) rezidentlik mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini (yoki shunga monand
hujjat raqamini).
(6-q.)
Soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlab qolingan soliq budjetga toʻlangan taqdirda,
daromadning haqiqiy oluvchisi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga
muvofiq uni qaytarib olish huquqiga ega. Ortiqcha ushlab qolingan soliqni norezidentga qaytarish
ushbu Kodeksning 12-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(7-q.)
Norezident tomonidan bitta yoki aloqador loyihalar doirasida xizmatlar koʻrsatishdan
daromad olingan taqdirda, mazkur soliq agenti uchun ushbu moddani qoʻllash
maqsadida soliq
agenti norezident tomonidan doimiy muassasa tashkil etilganligi faktini aniqlaydi, shu jumladan
xizmatlar koʻrsatish shartnomasi (kontrakti) asosida aniqlaydi. Norezident tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasida doimiy muassasa tuzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, soliq organi Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalarini norezidentlarning daromadlarini soliq solishdan
ozod etish qismi boʻyicha qoʻllashga haqli emas.
(8-q.)
Soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari
qoʻllanilmagan taqdirda, soliq agenti ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlov
manbaidan soliqni ushlab qolishi hamda oʻtkazishi shart.
Dostları ilə paylaş: