Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bildirishnomani quyidagi muddatlarda
taqdim etadi:
1) yangidan roʻyxatdan oʻtkazilganlar - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
boshlanguniga qadar;
2) foyda soligʻini toʻlashga oʻtganlar, shu jumladan ixtiyoriy ravishda oʻtganlar
- bir
vaqtning oʻzida foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani soliq hisobida turgan
joydagi soliq organiga yuborganda;
3) qolganlari - joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmay.
(10-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq bazasini hisoblab chiqarishning
soddalashtirilgan tartibini qoʻllash quyidagi muddatlarda boshlanadi:
1) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 1-bandida koʻrsatilganlar
uchun - tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish boshlangan paytdan;
2) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 2-bandida koʻrsatilganlar uchun - yakka tartibdagi
tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani va soliq bazasini
soddalashtirilgan tartibda hisoblab chiqarish haqidagi arizani soliq organiga taqdim etgan oydan
keyingi oyning
birinchi sanasidan boshlab;
3) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 3-bandida koʻrsatilganlar uchun - joriy yilning 1-
yanvaridan boshlab.
(11-q.)
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda
voz kechish va soliq bazasini hisoblab chiqarishning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda
tutilgan umumiy tartibiga oʻtish kelgusi soliq davri boshlanganidan eʼtiboran amalga oshiriladi.
(12-q.)
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga oʻtish toʻgʻrisidagi
bildirishnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda
soliq davri boshlanishidan kamida bir oy oldin soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim
etiladi.
Dostları ilə paylaş: