8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun toʻlov;
9) mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha toʻlov;
10) qonunchilikka muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun
yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun toʻlov;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi band)
11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning
imtiyozli soatlariga, onalarga bolani
ovqatlantirishi uchun ishda
beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan
bogʻliq vaqt uchun toʻlov;
12) asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda oʻquvchilar
va talabalarning ishlab
chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga
toʻlov;
13) ish beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pensiyalar va nafaqalarga
qoʻshimchalar,
stipendiyalar;
14) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun ish
beruvchi hisobidan toʻlanadigan nafaqalar.
Dostları ilə paylaş: