7) soliq toʻlovchilarning yaratilgan ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari (predmetlari) uchun
olgan
daromadlari;
8) xalqaro sport musobaqalaridagi sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan
bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
9) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti)
bekor qilinganda mehnat
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
10) quyidagicha koʻrsatiladigan moddiy yordam:
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan
xodimga koʻrsatiladigan;
xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga
boshqacha tarzda
shikast yetganligi bilan bogʻliq holda koʻrsatiladigan;
bola tugʻilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan
koʻrsatiladigan;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzida
koʻrsatiladigan
moddiy yordam;
11) ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar;
12) maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pullik toʻlovlar;
13) ushbu Kodeksning VI boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatish
kiritish
tufayli olingan daromad;
14) ushbu Kodeksning 300-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan talab qilish
huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromad;
15) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 371-376-moddalarida koʻrsatilmagan boshqa
daromadlari.
Dostları ilə paylaş: