yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport
tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun
tarif stavkasi yoki maosh
miqdorida toʻlanadigan summalar;
7) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish
va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan
qoʻshimcha haqlar;
8) qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha dala taʼminoti;
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
9) xizmat safarlari vaqtida qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha kundalik
xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi
band)
10) ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga
olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda
xodimlarga ish vaqtining
belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari
(otgullar) uchun toʻlovlar;
11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun
uning boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik
uchun toʻlovlar;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
12) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda
shikast yetganlik bilan
bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-
bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
13) oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining
qiymatini qoplash.
Dostları ilə paylaş: