Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

370-modda. Jami daromadning tarkibi 
Quyidagilar jami daromadga kiradi: 
1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar; 
2) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar; 
3) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar; 
4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar. 
371-modda. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar 
(1-q.)
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan va tuzilgan mehnat 
shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda 
toʻlanadigan quyidagi barcha toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb eʼtirof 
etiladi: 
mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, 
tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda 
bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi; 
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar; 
ushbu Kodeksning 372-moddasiga muvofiq ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar; 
ushbu Kodeksning 373-moddasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya); 
ushbu Kodeksning 374-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash; 
haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa toʻlovlar.
(2-q.)
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi: 
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlgan, tuzilgan fuqarolik-
huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlovlar (bundan yakka tartibdagi 
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno); 


yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) 
aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar; 
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar 
vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi 
Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy 
xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy 
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona 
qoʻmitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni oʻtashi 
(xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminoti, pul mukofotlari 
va boshqa toʻlovlar. 
(OʻzR 29.10.2021-y. OʻRQ-726-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin