(1-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks
369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
quyidagilardan
iborat:
1) soliq agenti tomonidan soliq toʻlovchi manfaatlarini koʻzlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy
huquqlar haqini toʻlash, shu jumladan:
soliq toʻlovchining bolalarini maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish, tarbiyalash haqini
toʻlash;
(OʻzR 03.12.2020-y. OʻRQ-653-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga
qarang)
soliq toʻlovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish
xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʻllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator
davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
soliq agentining soliq toʻlovchi daromadi boʻlgan boshqa xarajatlarini toʻlash;
2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi boʻyicha
berilgan mol-mulkning va koʻrsatilgan xizmatlarning qiymati;
3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq toʻlovchilarga realizatsiya
qilish narxi hamda shu
tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab
chiqarilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy farq;
4) qonunchilikka muvofiq xodimlarga temir yoʻl, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va
shahar elektr transportida yurish boʻyicha beriladigan imtiyozlar summasi;
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan
chiqarilgan
summalari;
6) soliq agenti tomonidan toʻlovlar hisobiga toʻlanib, soliq toʻlovchidan ushlab qolinishi
lozim boʻlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu
tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
(3-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan aksiz toʻlanadigan tovarlar yoki qoʻshilgan
qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (xizmatlar)
olingan taqdirda, bunday tovarlarning
(xizmatlarning) qiymatida aksiz soligʻining va qoʻshilgan qiymat soligʻining tegishli summasi
hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: