(2-q.)
Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining
ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari
chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ
qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning)
sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yerlari uchun oʻrtacha hisobda aniqlanadi.
(OʻzR
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlari
uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin
(3-q.)
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga
berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari boʻyicha soliq
bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining maʼlumotlari boʻyicha
aniqlanadi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari boʻyicha soliq bazasi oʻz xodimlariga
yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼlumotlari boʻyicha
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: