(4-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning
toʻxtatib turilishi banklar tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) barcha hisobvaraqlari
boʻyicha barcha chiqim operatsiyalari toʻxtatib turilishini anglatadi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi
tomonidan soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati oʻtgach oʻn kun
ichida taqdim etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish
toʻgʻrisidagi qaror masʼul ishtirokchining yoki ushbu konsolidatsiyalashgan
guruh barcha
ishtirokchilarining operatsiyalariga nisbatan soliq organi rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan
qabul qilinishi mumkin.
(6-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning
toʻxtatib turilishi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq birinchi navbatda koʻrsatilgan toʻlovlarga,
shuningdek qonunchilikka muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan banklardagi hisobvaraqlarga
tatbiq etilmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: