(2-q.)
Soliq qarzi mazkur soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan, ushbu moddada
nazarda tutilgan hollarda esa - boshqa shaxslardan undiriladi.
(3-q.)
Agar soliq toʻlovchining soliqlar boʻyicha qarzini uzishga doir majburiyati bank
kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoxud mol-mulk garovi bilan taʼminlangan boʻlsa, soliq
toʻlovchi soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzmagan yoki toʻliq uzmagan taqdirda, soliq organi soliq
qarzining toʻlanmagan summasini tegishlicha bank kafolatini bergan bankdan,
kafildan yoxud
garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan undirishi shart.
(4-q.)
Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish ushbu
Kodeksning 121-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(5-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish ushbu
Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(6-q.)
Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish dastlab
uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan, ular yetishmagan taqdirda esa mazkur
shaxsning boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
(7-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining yoki boshqa shaxsning
soliq qarzi uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish imkoni boʻlmagan
qismida boshqa shaxslardan undirilishi mumkin.
(8-q.)
Agar soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan oladigan
tushumi yoki boshqa daromadlari boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga kelib tushgan
boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin.
(9-q.)
Agar soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi toʻgʻrisida bilgan paytdan eʼtiboran oʻzining pul
mablagʻlarini yoki boshqa mulkini oʻzga shaxslarga bergan boʻlsa, soliq toʻlovchining
soliq qarzi
shu shaxslardan undirilishi mumkin.
(10-q.)
Ushbu modda sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarining qoidalari tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yoki boshqa daromadlar yoxud pul
mablagʻlari yoki boshqa mulk oʻzga shaxslarga bir nechta operatsiyalar orqali oʻtkazib berilganligi
aniqlangan hollarda ham qoʻllaniladi.
(11-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi - oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda mazkur
shaxslardan soliq qarzini undirish soliq toʻlovchining realizatsiya qilingan tovarlari (ishlari,
xizmatlari)
uchun kelib tushgan tushum, boshqa daromadlari, u tomonidan oʻtkazilgan pul
mablagʻlari, boshqa mol-mulkning qiymati doirasida amalga oshiriladi. Soliq organi mazkur
shaxslar toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida va soliq toʻlovchining soliq qarzi
miqdoriga bogʻliq tarzda ushbu qarzni undirishni koʻrsatilgan
qaysi shaxslardan va qanday
nisbatda undirishni amalga oshirishni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
(12-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi - oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq
qarzini undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
(13-q.)
Soliqni sud tartibida undirish quyidagi hollarda ham amalga oshiriladi, agar soliqni
toʻlash majburiyati:
1) soliq organi tomonidan bitimni tavsiflashni, soliq toʻlovchining maqomini yoki faoliyati
xususiyatini oʻzgartirishga asoslangan boʻlsa;
2) oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilishi munosabati bilan transfert narx
belgilash chogʻidagi soliq nazorati natijalariga koʻra yuzaga kelgan boʻlsa.
(14-q.)
Ushbu bobning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali
tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan toʻlanadigan soliqlar boʻyicha soliq qarzini undirishga,
shuningdek soliq agentlarining soliq qarzini undirishga ham tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: