Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atiga 40 foizi maktab uchun mo’ljallab qurilgan binolar qolganlari esa moslashtirilgan binolarda o’qirdi.Ko’plari avariya holatida edi. O’quvchilarning ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi smenada o’qir edi.
Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atiga 40 foizi maktab uchun mo’ljallab qurilgan binolar qolganlari esa moslashtirilgan binolarda o’qirdi.Ko’plari avariya holatida edi. O’quvchilarning ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi smenada o’qir edi.
O’quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo’jaligi ishlari bilan bandligi o’quv ishlarini ishdan chiqarar edi.
Mahalliy rahbarlar faqat nomiga qo’yilgan asosiy ish mahalliy rahbar bo’lmagan ikkinchi rahbar qo’lida edi. Kadrlar tanlashda O’zbekistonning hech qanday o’rni va roli bo’lmagan. Bu haqidagi quyidagi I.Usmonxo’jayevning iqrori nihoyatda ahamiyatlidir: “Bir so’z bilan aytganda, hamma narsani markaz hal qilardi. U nima desa, shu bo’lardi.Hattoki obkomning bo’lim boshlig’idan tortib, raykomning birinchi kotibigacha Moskva ixtiyorida turardi.Moskva topshirig’iga ko’ra 40 yoshdan oshgan kishi raykomning birinchi kotibi, 50 yoshdan oshgan kishi esa obkomning birinchi kotibi bo’la olmasdi.U har qancha ishbilarmon bo’lsin, baribir Moskva uning nomzodini o’tkazmasdi”.
XX asrning oxirlarida Gorbachevning qayta qurish siyosati o’zini oqlamadi va vaziyat jiddiylashdi.
SSSR tarkibidan mustaqil bo’lishni birinchi bo’lib mustaqil bo’lishni Boltiqbo’yi mamlakatlari mustaqillik to’g’risidagi talablarini SSSR Oliy Kengashi majlisiga qo’yadilar. Gorbachev bu holatni o’rganish uchun Boltiqbo’yiga bir guruh deputatlar va rahbarlar bilan boradi. Bu guruhda I.Karimov ham bo’lgan. I.Karimov Boltiqbo’yidagi vaziyatni o’z ko’zi bilan ko’rib u yerdagi vaziyat jiddiy ekanini tushunib yetadi va safar yakunlanmasdan O’zbekistonga qaytadi. I.Karimovning shu yerda mohir siyosatchi ekanligi ko’zga tashlanadi, mustaqillik azaliy orzuni amalga oshirish vaqti kelganini tushunadi va jiddiy qarorlar qabul qiladi.