I.A.Karimov (1938-2016) Islom Abdug’aniyevich Karimov 1938-yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan.Millati o’zbek. Ma’lumoti oliy.O’rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq Xo’jaligi institutlarini tugatgan. Muxandis mexanik va iqtisodchi mutaxasisliklariga ega.Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida boshlagan.
1983-yilda I.Karimov O’zbekiston SSR Moliya ministri,1986 yilda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari,respublika Davlat plan komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
1990 yil 24- mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O’zbekiston SSR prezidenti qilib saylandi.1991-yil 31-avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea –O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
I.Karimov suveren va mustaqil O’zbekistonni barpo etish,xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish,fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo’shgan ulkan hissalari uchun “O’zbekiston qahramoni” unvoni, “Mustaqillik” va “Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan. Islom Abdug’aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentabrda 78 yoshida vafot etdi.
Mustaqil O’zbekiston asoschisi I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Qashqadaryoda, Toshkentda va Samarqandda haykallar barpo etildi.
Mustaqil O’zbekiston asoschisi I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Qashqadaryoda, Toshkentda va Samarqandda haykallar barpo etildi.
Toshkent shahridagi Texnika universitetiga ham Islom Karimov nomi berildi. Yo’llarga ham Islom Karimov nomi berildi.Moskvada I.A.Karimovga haykal yasaldi. Bu haykal britaniyalik mashhur haykaltarosh Pol Dey tomonidan ishlangan.