O'zbekiston respublikasining yoqilg'i energetika majmuasi geografiyasi mundarija kirish I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekistonda yog’ilg’i sanoatining tarmoqlari



Yüklə 127,36 Kb.
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü127,36 Kb.
#199885
  1   2   3   4   5   6   7   8
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YOQILG\'I ENERGETIKA MAJMUASI GEOGRAFIYASI




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YOQILG'I ENERGETIKA MAJMUASI GEOGRAFIYASI
MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………...……………………………..…3
I BOB YOQILG’I – ENERGETIKA SANOATI HAQIDA TUSHUNCHA VA O’ZBEKISTONDA YOG’ILG’I SANOATINING TARMOQLARI………….6
1.1. Yoqilg’i-energetika majmuining tarkibi, uning asosiy xomashyolari va yoqilg’i balansi………………………………………………………………………………6
1.2. O‘zbekistonda neft-gaz sanoatining rivojlanishi tarixi……………………….16
1.3. Neft-gaz va kondensatning xalq xo'jaligidagi ahamiyati…………….……….22
II BOB. YOQILG`I-ENERGETIKA MAJMUASINING O`ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA TUTGAN O`RNI VA HUDUDIY JOYLANISH XUSUSIYATLARI………………………………………………………………26
2.1. O’zbekiston yoqilg`i- energetika sanoatining joylashishi va rivojlanishi…………………………………………………………………….…..26
2.2. Yoqilg`i-energetika sanoatini rivojlantirishda transformatsiyaning o‘rni…………………………………………………………………………...…..29
2.3. Energetika sohasidagi mavjud muammolar……………………………….33
XULOSA………………………………………………………………...……….36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………..…..……………..38


KIRISH
Energetika sanoati — tabiiy resurslardan energiya manbalarini olishga qaratilgan faoliyat sohasi. Bu faoliyatga qayta tiklanuvchi, yadroviy va qazib olinadigan yoqilgʻidan olinadigan energiya manbalarini ishlab chiqarish hamda isrof qilinadigan energiyani qayta tiklash va qayta ishlatish kiradi. Energiyani tejash va samaradorlik choralari, energiyani rivojlantirishga boʻlgan talabni kamaytiradi va atrof-muhit muammolarini yaxshilash bilan jamiyatga foyda keltirishi mumkin O'zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashnasozlik, rangli metallurgiya, yoqilg`i sanoati tarmoqlari jadal sur`atlar bilan o'sdi. Sanoat taraqqiyotini jadallashtirish valyuta-moliyaviy, xalq xo’jaligining tashqi bozorga qaramligini zaiflashtiradi. Sanoatning iste`mol buyumlari bilan o'zini-o'zi ta`minlashi esa xalq turmushi darajasini ko’tarishni kafolatlaydi.
Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo’lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo’lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi.
Yoqilg’i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko’mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O'zbekistonning g`arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko’mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko’mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o'z ehtiyojlarimizni to’la ta`minlabgina qolmay, ko’p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo’lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo’linadi.
Yoqilg’i sanoati - O'zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, u tabiiy gaz, neft, ko’mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o'z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.
O'zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o'rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O'zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo’lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg`i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi . Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng.
O'zbekiston O'rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to’quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko’taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir.Kurs ishining dolzarbligi: Energetika sanoati har qanday mamlakat yoki rayonning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishining asosini tashkil qiladi. Energetika sanoati xalq xo’jaligining asosiy bo’g’inlaridan bo’lib, u sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. U iqtisodiy rayonlarning ixtisoslashuvini ko’p jixatdan aniqlab beradi.
Energetika sanoati yoqilg’i xom ashyosini qazib olish va iste’mol qilish, elektr energiya ishlab chiqarish va uni taqsimlash tarmoqlarining o’zaro va bir-biri bilan bog’langan yig’indisidir. Demak, yoqilg’i-energetika majmuasi yoqilg’i va elektroenergetika sanoatining o’zaro bir-biri bilan bog’langan tarmoqlari yig’indisidan iborat.
Mamlakat yoki xudud qancha ko’p energiya ishlab chiqarsa va iste’mol qilsa, u shuncha ko’p maxsulot ishlab chiqaradi va iqtisodiy rivojlanish darajasi shuncha yuqori bo’ladi.
Yoqilg’i resurslari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun energiya ishlab chiqarishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Ammo fan va texnikaning rivojlanishi bilan u yoki bu energiya manbaining xalq xo’jaligidagi ahamiyati o’zgarib turadi.

Yüklə 127,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin