O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


O‘z-o‘ziga ishlash bilan bog‘liq cheklovlar



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə102/171
tarix07.01.2024
ölçüsü2,2 Mb.
#203584
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   171
BIZNESNI Vobkent pedagogika

2.O‘z-o‘ziga ishlash bilan bog‘liq cheklovlar Siz nafaqat o‘z-o‘zini band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz kerak, balki u bilan bog‘liq yoqimsiz narsalardan ham xabardor bo‘lishingiz kerak: investitsiya qilingan sarmoyani yo‘qotish ehtimoli, ishonchsiz yoki past daromad, ko‘p vaqt sarflanishi va zerikarli yoqimsiz ishlarni bajarish zarurati. Investitsiya qilingan sarmoyani yo‘qotish ehtimoli. O‘z-o‘zini band qilish bilan siz investitsiya qilgan sarmoyani yo‘qotish xavfi bog‘liqdir. «Investitsiya qilingan sarmoya» atamasi tadbirkor o‘z xususiy korxonasini tashkil etganda sarflagan xarajatlarni bildiradi. Odatda, biznesda tavakkalchilik qancha yuqori bo‘lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko‘proqdir. Agarda, korxona yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa, foyda katta bo‘lishi mumkin. Agarda, korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo‘qotilishi mumkin, tadbirkor o‘z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg‘armasini bekorga yo‘qotish uchun barcha imkonga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga pul bergan bank, ta’minotchilar va shaxslarga to‘lovlarni qaytarishga yillar ketishi mumkin.
Ishonchsiz yoki past daromad. Xususiy korxonaga egalik qilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki past daromad olish imkoniyatidir. Yollangan xodimlarning ish haqidan farqli o‘laroq, foyda miqdori oydan oyga o‘zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona uchun ham o‘rinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday holat ko‘pincha birinchi olti — o‘n ikki oydagi faoliyat davrida kuzatiladi.
Ko‘p vaqt sarflanishi. Тadbirkorlar o‘z ish vaqtini haftada qirq soat bilan cheklamaydi, ular kelishketish vaqtini ko‘rsatadigan avtomatda kartochkasini belgilamaydi. Ko‘pgina o‘z-o‘zini band qilgan tadbirkorlar kuniga o‘n to‘rt soat va undan ko‘proq, haftasiga olti yoki yetti kun ishlashadi. Ko‘p hollarda korxona egasi ertalab birinchi bo‘lib ishgakeladi va kechqurun oxirgi bo‘lib ishdan ketadi. Korxonaning ish vaqti egasining ixtiyori bilan emas, iste’molchilar uchun qulaylik nuqtayi nazaridan belgilanadi. Masalan, ko‘p do‘konlar 800 dan 2100 gacha ishlaydi. Ayrim tadbirkorlar o‘z bizneslarini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortiq qarovsiz qoldirishlari mumkin emas, deb hisoblashadi.
Zerikarli ish: biznes bilan shug’ullanish siz mutlaqo bajarishni istamaydigan, lekin bajarishingiz majbur bo‘lgan ishlar zarurati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin